Şavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevga maktub yölladi
Qozoğiston Respublikasi Birinçi Prezidenti – Elboşi Nursulton Nazarboyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Nursulton Abişeviç!
Sizning koronavirus kasalligiga çalinganingiz töğrisidagi xabarni çuqur bezovtalik va katta xavotir bilan qabul qildim.
Hayotingizdagi uşbu sinovli va murakkab paytlarda biz uçun hamişa çeksiz ehtiromga sazovor bölib kelgan Siz, aziz oğamni
har tomonlama qöllab-quvvatlaşga tayyorligimni va yaqin kömakdoş ekanligimni yana bir bor çin qalbdan maʼlum etmoqçiman.
Heç şubhasiz, qisqa fursatlarda mazkur virusni muvaffaqiyatli yengib ötib, şifo topişingizga va tuzalib ketişingizga işonçim komildir.
Qadrli Nursulton Abişeviç, Sizga, Qodir Allohdan mustahkam sihat-salomatlik, kuç-quvvat, uzoq umr va yangi zafarlar ato qilişini sörab qolaman.
Tez orada Siz bilan diydor körişiş baxtiga muyassarlik nasib etişiga umid qilaman.
Hurmat bilan,
Özbekiston Respublikasi Prezidenti
Şavkat Mirziyoyev
- 👍 3
