Öqituvçining işiga aralaşganlik uçun javobgarlik belgilandi

Matn19-iyun, 2020, 14:591 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Öqituvçining baho qöyişiga aralaşgan fuqaro va mansabdor şaxslar javobgarlikka tortiladi

Bugun bölib ötayotgan Senatning beşinçi yalpi majlisida Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga özgartiriş kiritişga oid qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi. Qonunga köra, öqituvçilarning kasbiy faoliyatiga noqonuniy aralaşiş yoki uning xizmat vazifalarini bajarişiga tösqinlik qiliş uçun jazo belgilanmoqda.

Yangi qonunning mazmuni şundaki, öqituvçining talabalar bilimini baholaşiga qonunga xilof ravişda aralaşiş yoki boşqa hollarda uning işiga tösqinlik qilganlik uçun fuqarolar bazaviy hisoblaşning 10 baravarigaça (2 mln 230 ming söm), mansabdor şaxslar esa 15 baravarigaça (3 mln 345 ming söm) jarimaga tortiladi.

Bu qonun öqituvçilardan baho talab qiladigan, ularning baholaş işiga aralaşadigan yoxud öqituvçilik faoliyatini amalga oşirişga tösqinlik qiladigan şaxslarga nisbatan qöllanadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek