Qarshida bayroq o‘rniga yotoqxona ta’mirlanadigan bo‘ldi
Qarşida 1 mlrddan oşiqroq mablağga bayroq örnatilmaydigan böldi. Örniga xaroba yotoqxona taʼmirlanadi
Qarşi şahar hokimligi Mustaqillik bayrami arafasida şaharda 62,5 metrli bayroq örnatilişi, uning flagştok ustunining öziga 1,35 milliard söm sarflanişi haqida xabar bergaç, bu ijtimoiy tarmoqlarda keskin eʼtirozlarni paydo qildi.
Qaşqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev mazkur xabar böyiça munosabat bildirib, bayroq örnatilmasligini, unga möljallangan mablağ xaroba yotoqxonaga sarflaşini maʼlum qildi.
«Özim ham davolanişda bölganim sababli (maʼlumot uçun: Zoyir Mirzayev koronavirusga çalinib, davolanmoqda), şifoxonada uşbu xabarni öqib qoldim.
Yaqinda Qarşi şahridagi 136-sonli oilaviy yotoqxonaga borib uysiz fuqarolarimizni majburlikdan xarobaga aylangan binoda qönim topgani meni qiynadi. Uşbu xaroba yotoqxonani taʼmirlaş uçun 2.5 - 3 mlrd söm atrofidagi mablağ manbasini qayerdan topişni bilmay turgandim. Bayroq ustuni uçun sarflanayotgan 1.35 mlrd. sömni uşbu yotoqxona taʼmiriga yönaltiramiz. Qolgan summani ham manbasini topib, uşbu yotoqxonani katta tantana bilan topşiramiz. Mustaqilligimizning 30 yillik bayramiga ustun emas, fuqarolarimiz uçun şinam xonadonlar tuhfa qilamiz. Xöş, nima deysizlar?», - dedi Zoyir Mirzayev.
Viloyat hokimi ustun uçun biror homiy topilsagina qurilişini, yöqsa Davlat byudjetidan buning uçun mablağ sarflanmasligini maʼlum qildi.
👉 @xushnudbek 👈


