Kamon otiş musobaqasi va badantarbiya haqida hadis

Matn5-may, 2021, 19:001 daqiqa0 koʻrish

#hadis #ramazon

Salama ibn Akvaʼ roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam bozorda kamon otiş musobaqasini ötkazayotan aslamlik kişilar huzuridan ötib qoldilar va:

«Ey Bani Ismoillar! Otinglar! Otangiz mergan edi. Otinglar! Men Bani Fulon bilanman!» dedilar. Şunda taraflardan biri qöllarini tiydilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Sizlarga nima böldi? Otmay qöydinglar?» dedilar. Ular:

«Siz ular bilan bölsangiz, qanday ham otar edik?!» deyişdi. Şunda u zot:

«Otinglar! Men hammangiz bilanman!» dedilar».

Imom Buxoriy va imom Ahmad rivoyat qilgan.

Hozirgi kunimizda soğliqni saqlaş, xastalikka çalinmaslik uçun badantarbiya qançalik ahamiyatli ekanligini hamma tuşunib yetgan. Kattayu kiçik iloji boriça badantarbiyaga eʼtibor berişga harakat qiladi. Payğambar sollallohu alayhi vasallam ham yoş avlodning soğlom bölib ösişini taʼminlaş borasida ota-onalarni farzandlarini badantarbiya bilan şuğullantirişga tarğib qilganlar.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Hadis va hayot” kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek