Ota-ona roziligi va haqlari haqida hadislar
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu rivoyat qiladi:
«Robbining rizosi ota-onaning rizosidadir. Robbining noroziligi ota-onaning noroziligidadir».
Imom Buxoriy rivoyat qilgan.
Yana boşqa bir hadis:
Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu rivoyat qiladi:
«Bir odam Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, hijrat uçun bayʼat qilmoqçi böldi. U ota-onasini yiğlagan holda qoldirib kelgan edi. Ul zot: "Ota-onangning huzurlariga qaytgin, ularni qanday yiğlatgan bölsang, xuddi şunday qilib kuldirgin", dedilar».
Imom Buxoriy rivoyat qilgan.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ota-onaning roziligini topiş, ularni xursand qilişni hatto hijratdan ham ustun qöygan ekanlar.
Baʼzi hollarda yoşlar diniy amallarga qiziqib, ota-onalarning haqlarini ortga suriş holatlariga yöl qöyişi mumkin. Bunday paytlarda ilm sohiblari darhol ularga nasihat qilib, töğri yölga burişlari kerak ekan.
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning Imom al-Buxoriy «Al-adab, al-mufrad» kitobiga şarhidan.
👉 @xushnudbek 👈


