Inson haqidagi guvohlikning ahamiyati haqida hadis
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Payğambar sollallohu alayhi va sallam bir janoza oldidan ötdilar, şunda uni (mayyitni) yaxşilik bilan zikr qilindi. Payğambar sollallohu alayhi va sallam: «Vojib böldi, vojib böldi, vojib böldi», dedilar. Yana bir janoza yonidan ötganlarida uni yomonlik bilan zikr qilindi. Payğambar sollallohu alayhi va sallam: «Vojib böldi, vojib böldi, vojib böldi», dedilar.
Şundan söng Umar roziyallohu anhu: «Ota-onam sizga fido bölsin, yo Rasululloh, bir janoza oldidan ötilganda unga maqtov aytildi, şunda siz: «Vojib böldi, vojib böldi, vojib böldi», dedingiz. Boşqa bir janoza oldidan ötilganda uni yomonlik bilan zikr qilindi, şunda siz yana: «Vojib böldi, vojib böldi, vojib böldi», dedingiz», deb söradilar.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Sizlar kimni yaxşilik bilan zikr qilgan bölsangiz, unga jannat vojib böldi. Kimni yomonlik bilan zikr qilsangiz, unga dözax vojib böldi. Sizlar Allohning yerdagi guvohlaridirsiz, sizlar Allohning yerdagi guvohlaridirsiz».
Imom Buxoriy, Muslim, Termiziy va Nasoiylar rivoyat qilgan.
👉 @xushnudbek 👈

