Qadr keçasining fazilatlari va belgilari haqida
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim Laylatul Qadrni iymon bilan, savob umidida qoim bölib ötkazsa, ötgan gunohlari mağfirat qilinadi», dedilar».
Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy va Nasoiy rivoyat qilişgan.
Hasan ibn Ali roziyallohu anhu Payğambarimiz alayhissalomning şunday deganlarini rivoyat qiladi: «Qadr keçasi oydin va yoqimli bölib, na issiq, na sovuq böladi. U keçaning tongida quyoş nurlari közni qamaştiradigan darajada çiqadi».
Qadr keçasida Alloh taoloning amri bilan fariştalar har bir osmondan va Sidratul-muntahodan yerga tuşişadi, tong otguniça insonlarni duo qilişadi va duo qilganlarga qöşilib «omin» deb turişadi.
Qadr keçasi tong otgunga qadar turli ofat-balolardan omonlik, xotirjamlik keçasi, barakot keçasidir. Bu keçada şayton yomonlik qila olmaydi. Qadr keçasi boşdan-oxir faqat salomatlik, omonlik, yaxşilik va barakot bilan töla, unda aslo yomonlik yöqdir. Bu hol quyoş botganidan tong otgunga qadar davom etadi. Tong otguniça fariştalar guruh-guruh bölib, rahmat bilan yerga tuşib turişadi.
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Möminning qalqoni» kitobidan.
👉 @xushnudbek 👈


