Özbekistonda Fuqaro aviatsiyasi uçuvçilari maktabi oçiladi
Özbekistonda Fuqaro aviatsiyasi uçuvçilarini tayyorlaş maktabi oçiladi
Prezidentning tegişli qaroriga asosan Fransiya Fuqaro aviatsiyasi milliy maktabi (ENAC) bilan birgalikda Toşkent davlat transport universiteti tarkibida Fuqaro aviatsiyasi uçuvçilarini tayyorlaş maktabi taşkil etiladi.
✅ Maktabda taʼlim faoliyati 2021/2022 öquv yilidan boşlanadi;
✅ Dastlab, qöşma taʼlim dasturlari (double degree) asosida “Havo kemalarining parvoz ekspluatatsiyasi” bakalavr taʼlim yönalişi böyiça kadrlar tayyorlanadi;
✅ Maktabda talabalar öqişi uçun tölov-kontrakt miqdori Fransiyaning Fuqaro aviatsiyasi milliy maktabi bilan kelişilgan holda Toşkent davlat transport universiteti tomonidan belgilanadi;
✅ Maktab bitiruvçilariga Fransiyaning Fuqaro aviatsiyasi milliy maktabining belgilangan namunadagi diplomi beriladi va u Özbekistonda oliy maʼlumot töğrisidagi hujjat sifatida eʼtirof etiladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1


