Öqiş va muvaffaqiyat haqidagi yangliş qaraşlar
Xushnudbek.uzVideo6 daqiqa0tahrirlanganÖqimasang ham boy bölib ketasan, ana, falonçilar millarder böldiku, degan qaraşlar haqida
Ijtimoiy tarmoqlarda "Bill Geyts yoki Mark Sukerberg öqişni taşlab ketgan va hozir ular eng boy odamlar, demak, sen ham öqimasang bölaveradi", degan gaplar köp bora quloqqa çalinib qoladi. Bu yerda fakt töğri, ammo xulosa xato.
Bahodir Ahmedov şu haqda Telegram kanalida yozar ekan, Bill Geytsning qanday oilada tarbiya topganiga urğu bergan, Firuz Allayev esa hazil aralaş Bill Geyts yoki Mark Tsukerberglar Garvardni taşlab ketişgan, «politex», «svyaz» yoki «inyaz»ni emas, degan.
Yaqinda Ziyo Forum'dagi uçraşuvda şunga oid fikr bildirgandim. Fikrlarimning qisqa xulosasi:
— albatta öqiş, ilm oliş kerak, busiz deyarli heç narsa imkonsiz;
— ammo öqiş degani faqat universitet deganimas;
— şu sababli universitetga kirolmaslik fojiamas, ilmni boşqa joyda olsa ham böladi;
— bizda bilimgamas, diplomga köproq qaralişining sababi bozorda davlat uluşi yuqori, xususiy sektorning emas.
Batafsil fikrlarim yuqoridagi videoda👆
👉 @xushnudbek 👈
- ❤ 1






