Uç savdoyi filmi va taʼlimdagi muhim xulosalar

Video7-yanvar, 2021, 10:334 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Hindlarning «Uç savdoyi» filmini köpçilik körgan bölsa kerak. Zör motivatsion va kayfiyat kötaradigan film.

Unda taʼlim tizimi kamçiliklari, özi umuman insonlarning taʼlimga, ilmga bölgan notöğri qaraşlari ajoyib tarzda tasvirlangan. Yaʼni bir qolipga tuşib qolmaslik, hammadan özgaça fikrlaşga harakat qiliş va bundan uyalmaslik, ota-onalar öz farzandlarining qiziqişlarini inobatga olişi kerakligi, taʼlim tizimi robotga öxşagan ijroçilarni emas, balki eng avvalo erkin fikrlovçi taşabbuskorlarni tayyorlaşi lozimligi haqida.

Ayniqsa filmda menga eng yoqqan joyi — bu diplom uçun emas, bilim uçun öqiş kerakligi haqidagi qismi. Azbaroyi ilm oliş maqsadida özganing nomidan öqişga rozi bölgan Pxunşuk Vangdu oxir-oqibat eng maşhur ixtiroçiga aylanadi. Çunki diplomsiz bilim bilimsiz diplomdan 100 çandon qiymatliroq. Bugungi kunda bu yanada öz isbotini topmoqda.

Hurmatli yoşlar, ilm oling! Kitob öqing, dunyoqaraşingizni kengaytiring. Diplom uçun öqişga kelib-ketadigan közböyamaçilardan bölmang.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek