Metsenat.uz loyihasi böyiça yangi grant va stipendiyalar
⚡️Metsenat.uz loyihasi böyiça ayrim maʼlumotlar
1️⃣ "Saxovatli insonlar" xayriya jamoat fondi tomonidan Namangan va Farğona viloyatlarida IT sohasida tahsil olayotgan talabalar uçun stipendiya eʼlon qilingan edi.
2 nafar talaba uşbu stipendiya sohiblariga aylanişdi:
1) J.Mirzaakbarov (Bağdod tumani)
2) D.Mamasoliyeva (Mingbuloq tumani)
Uşbu talabalarga "Saxovatli insonlar" xayriya jamoat fondi tomonidan 6 oy davomida 1 mln sömdan stipendiya tölab boriladi.
2️⃣ Yoşlar işlari agentligi, Yoşlar ittifoqi va “Mehrli qöllar” xayriya fondi tomonidan eʼlon qilingan “Yoşlar taʼlim granti” uçun kelib tuşgan 1569 ta arizalarning 404 tasi ikkinçi bosqiçda körib çiqilmoqda.
Şu yilning 1-fevral kuniga qadar hujjatlari nizom qoidalariga töliq javob bergan ariza egalariga 2020/2021-öquv yili uçun stipendiyasiz hisoblangan tölov-şartnoma mablağining 50%igaça bölgan qismi tölab beriladi.
3️⃣ Şuningdek, hozirda Samarqand viloyati hokimligi tomonidan eʼlon qilingan stipendiya hamda “Venkon Group” MÇJ tomonidan eʼlon qilingan grant uçun kelib tuşgan arizalar körib çiqilmoqda, tez orada ğoliblar nomi eʼlon qilinadi.
4️⃣ Hozirda metsenat.uz platformasida quyidagi grantlar uçun arizalar qabul qiliş davom etmoqda:
👉 “Najot taʼlim” markazi tomonidan tibbiyot sohasida öqiyotgan xotin-qizlar uçun jami 15 mln sömlik grant.
Kvota: 5ta
Arizalar: 195ta
Batafsil
👉 «Project Managers» MÇJ tomonidan özlaştirişidan qatʼi nazar bölajak IT mutaxassislari uçun eʼlon qilingan 20 mln sömlik grant.
Kvota: 5ta
Arizalar: 201ta
Batafsil
5️⃣ Şuningdek, Qaşqadaryo viloyati hokimligi tomonidan qaysi hududda öqiyotganidan qatʼi nazar qaşdaryolik talabalar uçun innovatsion loyihalarga yönaltirilgan ijtimoiy grant eʼlon qilingan. Unda 1 mln sömdan 100 mln sömgaça (!) byudjetga ega bölgan birorta innovatsion loyiha taqdim qiliş kerak. Viloyat hokimligi maʼqul bölgan loyihani sotib oladi, yaʼni moliyalaştiradi. 6 ta yönaliş böyiça jami 18 nafar ğolibga möljallangan ijtimoiy grantning umumiy miqdori 1 mlrd 800 mln sömni taşkil qilmoqda!
Ğoyasi bor, innovatsion loyihani öylab yurgan qaşqadaryolik talabalar uçun zör imkoniyat bu!
Batafsil: https://metsenat.uz/uz/grants/67?type=grant
❗️Talabalar uçun grant yoki stipendiya eʼlon qilişni istagan saxovatpeşa homiylarni esa hamkorlikka çorlab qolamiz. Unutmang, ilmga tikilgan investitsiya eng töğri qaror va u jamiyat uçun juda katta foyda olib kelişi şubhasiz.
👉 @xushnudbek 👈

