Qarşida gaz çaqnaşi oqibatida ikki kişi halok böldi
Çaqnaş natijasida sodir bölgan holat böyiça maʼlumot
Qaşqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasining xabar berişiça, bugun soat 08:10larda Qarşi şahar “Otçopar” MFYda joylaşgan uylarning birida gaz-havo aralaşmasining çaqnaşi yuzaga kelgan. Oqibatda binoning devorlari töliq qulagan.
Voqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasining yonğin-qutqaruv guruhi zudlik bilan yetib borib, qidiruv-qutqaruv işlarini olib borgan. Afsuski, uşbu hodisa oqibatida ikki nafar fuqaroning jasadi vayron bölgan uy içidan olib çiqilgan.
Maʼlum bölişiça, vayronalar ostidan olib çiqilgan ikki nafar fuqarolarning biri xonadon egasining öğli (2005-yilda tuğilgan) ikkinçisi jiyani (2007-yilda tuğilgan) ekanligi maʼlum böldi. Boşqa jabrlangan oila vakillari yöq. (Oila töliq köçib kelmagan)
Mazkur holat yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda, unda quriliş işlaridagi kamçiliklar ham örganiladi.
👉 @xushnudbek 👈
