Senatorlar Konstitutsiyaga özgartiş kiritişni maʼqulladi
Konstitutsiyaga özgartiş kiritiş haqidagi qonunni senatorlar maʼqulladi
Senatning ön birinçi yalpi majlisida senatorlar «Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga özgartişlar kiritiş töğrisida»gi qonunni körib çiqdi va maʼqulladi.
Konstitutsiyaga kiritiladigan özgarişlarga köra, «qonun hujjatlari» atamasi «qonunçilik»ka özgarmoqda, şuningdek sudlar tizimi özgartirilib, 14 ta hududda umumyurisdiksiya sudlari taşkil etilmoqda, tuman (şahar) maʼmuriy sudlari tugatilmoqda.
Uşbu qonun Prezident tomonidan imzolanib, rasman eʼlon qilingandan keyin kuçga kiradi.
Maʼlumot uçun: hali taşkil etilmagan sudlarning yöq lavozimlariga allaqaçon sudyalar tayinlanib qöyilgan va ular 1-yanvardan iş boşlaşi belgilangan edi. Lekin sud tizimi rasman özgargani yöq.
👉 @xushnudbek 👈
