Senat Ijtimoiy tadbirkorlik töğrisidagi qonunni rad etdi
Rasmiy munosabat: Senat qonunni rad etdi degani — bu qonun batamom bekor qilindi degani emas
Oliy Majlis Senatining Axborot xizmati keça bölib ötgan yalpi majlisda rad etilgan “Ijtimoiy tadbirkorlik töğrisida”gi Qonun yuzasidan rasmiy munosabat berdi.
«...qonun qaytarildi degani — bu u batamom bekor qilindi degani emas. Buni töğri tuşuniş kerak. Gap bu yerda qonunni puxta işlaş haqida ketyapti. Çunki Senatda muhokamaga qöyilgan hujjatga töğridan-töğri tuzatiş kiritiş vakolati yöq. Qonun yo maʼqullanadi yoki rad etiladi. Rad etilsa, u keyinçalik parlament vakillari, ekspertlar, qonun taşabbuskorlari bilan birgalikda yanada pişiq-puxta işlanib, keyingi yalpi majlislarda qaytadan muhokamaga qöyiladi. Umumiy jarayon şunday.
Öz navbatida, Oliy Majlis Senati ijtimoiy himoyaga qarşi ekan, degan fikrga ham borilmasligi kerak. Mutlaqo unday emas. Aksinça, senatorlar xalq vakillari bölganligi tufayli aniq va manzilli ijtimoiy himoya tarafdori hisoblanadi. Yaʼni ijtimoiy siyosat parlament oldida turgan eng ustuvor vazifadir. Takror bölsa ham aytiş kerakki, qöyilgan masala qonunni yanada pişiq-puxta işlaş, maromiga keltiriş bilan boğliq. Çunki qonun, eng avvalo xalq manfaati uçun işlaşi kerak. Boşqa heç qanday sabab yöq», - deyiladi munosabatda.
Şuningdek, munosabatda jurnalist va blogerlardan ortiqça his-hayajonga berilmay, vaziyatni töğri baholab, xolis munosabat bildirişlari söralgan.
👉 @xushnudbek 👈



