OTMlarga moliyaviy mustaqillik beriş kengaytiriladi
Bugun Xalqaro media-xolda bölib ötgan oçiq muloqotda oliy taʼlim vaziri Abduqodir Toşqulov Özbekistonda OTMlarning mustaqilligi va unda davlatning iştiroki haqida gapirdi.
— Rivojlangan davlatlar amaliyotiga nazar taşlaydigan bölsak, nafaqat oliy taʼlim, balki butun iqtisodiyotga davlatning aralaşuvi bosqiçma-bosqiç kamayib boradi. Oliy taʼlim muassasasining mustaqil bölişi uçun bizda 10 ta OTMga moliyaviy mustaqillik berilgan. Yana 40 OTMga moliyaviy mustaqillikni beriş közda tutilgan. Bundan keyin ularda pul mablağlarini özlari tasarruf etiş, foydalaniş, sarflaş imkoniyati paydo böldi. Bu öz navbatida raqobat muhitining şakllanişiga ham olib keladi. Endi savol tuğilişi mumkin, oliy taʼlimga davlatni aralaşuvi qanday böladi? Davlat faqat subsidiyalar beriş, grand örinlarini ajratiş kabi masalalarga aralaşadi, - dedi Toşqulov.
"Sifatli taʼlim — inson kapitaliga sarmoya" mavzuidagi muloqotda şuningdek, Maktabgaça taʼlim, Xalq taʼlimi, Innovatsion rivojlaniş vazirligi mutasaddilari ham iştirok etdi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1



