"Ityurak" tarjimonlarining 32 yil avvalgi xayrli amali
Xushnudbek.uzFoto1 daqiqa0Manba:📚 Madina Musayeva 🎧

«Yoşlik» jurnalining 1989-yilgi sonlaridan birida Mixail Bulgakovning «Ityurak» asari özbek tilida Hojiakbar Şayxov va Gulçehra Nişonovalar tarjimasida çop etilgan ekan. Qissa söngidagi redaksiya izohi eʼtiborimni tortdi: “Mixail Bulgakovning “Ityurak” qissasini ona tilimizga ögirgan yozuvçi Hojiakbar Şayxov va Gulçehra Nişonova bildirgan maylga asosan asarga tölanajak qalamhaqi töliğiça Navoiy rayoni markazidagi kar va gung bolalar 25-maxsus maktab-internati hisobiga ötkaziladi”.
32 yil avval yozilgan uşbu izoh meni ilhomlantirdi, duo qilib qöydim. Barçamizga köp yillar ötsa ham kelajak avlodlarni mana şunday ilhomlantiriş nasib etsin. Bekorçi va quruq şov-şuv yaratuvçi gaplar emas, aniq amallarni közlab yaşaydigan darajada ongli bölaylik.
👉 @madnifique 👈





