Senat Ijtimoiy tadbirkorlik töğrisidagi qonunni rad etdi
Senatorlar va adliya vaziri «janggi»
Senatning bugungi yalpi majlisida “Ijtimoiy tadbirkorlik töğrisida”gi Qonun senatorlar tomonidan rad etildi. Xizmat safarida bölsam ham jonli efirda qonun muhokamasini töliq tomoşa qildim (özi Senat yiğilişlarini doim kuzatib boraman).
Senatorlarning bu qarori meni bir tomondan xursand qildi (unçalikmas), bir tomondan xafa qildi (juda). Xursand bölganim, Senatda har qanday qonun ötib ketavermasligi, qizğin muhokama bölişining isbotini kördik.
Xafa bölganim, senatorlar kuçsiz asoslar bilan qonunni rad qilişdi. Yana qanday Qonun deng: közi ojiz, kar-soqov va aholining boşqa ehtiyojmand toifasini tadbirkorlikka jalb etiş, ularni iş bilan taʼminlaşga oid qonunni.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov senatorlarning vaji asossiz ekanligi haqida köp gapirdi. Yuridik faktlar ham keltirdi. Lekin senatorlar “qarorimiz şu” deyişdi va oxirida bir ovozdan tasdiqlaşdi.
Ammo ayrim senatorlarning gapini eşitib, ular umuman ijtimoiy tardbirkorlik nimaligini tuşunmagan şekilli, deb öylab qoldim.
Masalan, rad qiliş asoslariga qarang:
1️⃣Birinçidan, senatorlar bir neça bor tadbirkorlikka imtiyoz berilişiga qarşimiz, asossiz imtiyozlar biznes muhitiga salbiy taʼsir qiladi, investorlar kelmay qöyadi, Jahon banki ham tadbirkorlikka imtiyoz bermaslikni tavsiya etgan, deyişdi.
Töppa-töğri! Maʼlum bir tadbirkorga imtiyoz bermaslik kerak. Ammo bu gaplarni ijtimoiy tadbirkorlikka nima aloqasi bor? Tadbirkorlik va ijtimoiy tadbirkorlik mohiyatan umuman boşqa narsalar-ku!
Adliya vaziri töppa-töğri savol berdi, qani, qayerda Jahon banki ijtimoiy tadbirkorlikka imtiyoz beriş mumkinmas, degan, konkret fakt aytinglar degan mazmunda. Lekin senator “bilişimça şunaqa” deb umumiy gap bilan qutildi.
Özbekistonda qançadan qança katta monopol kompaniyalar, aniq tadbirkorlik subyektlari oçiq va yopiq hujjatlar bilan bir dunyo imtiyozga ega. Endi senatorlar kelib-kelib közi ojiz, kar-soqov şaxslarga oid ijtimoiy tadbirkorlikka beriladigan imtiyoz va preferensiyalar tovar va moliya bozorlaridagi raqobat muhitiga özining salbiy taʼsirini körsatadi, deb öylab qolgani ajoyib.
Töğri, xolisona aytiş kerak, Senat raisi ijtimoiy tadbirkorlikka imtiyoz berişga Senat qarşimasligini, aksinça qöllab-quvvatlaşini, qonun qayta körib çiqiş uçungina rad qilinayotganini aytdi. Ammo barça senatorlar ham bunday fikrda emasga öxşaydi.
2️⃣Ikkinçidan, rad qilişda yana bir kulgili asos, qonunda ijtimoiy tadbirkorlik toifasini aniqlaşda soliq hisobotiga qaraladi deyilgan ekan, ammo Soliq qömitasi raisining qarori bilan tasdiqlangan hisobot şaklida buni bilişning imkoni yöq, şu sababli qonunni qayta körib çiqiş kerak, deyildi. Iya, qaçondan buyon qonunlar bitta qömita raisining qaroriga moslab qayta yoziladigan bölib qoldi? Aksinça qonun qabul qilingaç, boşqa qonun osti hujjatlari unga moslaşişi kerakmasmi?
3️⃣Uçinçidan, qonundagi 1-2 ta bandlar boşqa qonunlarda ham bor, takrorlanmasin, şu uçun rad etyapmiz, deyişdi. Ammo bu ham asosmas. Qonunçilikda bir-birini takrorlaydigan yuzlab misol topib beriş mumkin.
4️⃣Törtinçidan, yana bir ğalati asos, emişki ijtimoiy tadbirkorlik qonunidagi aholining ehtiyojmand qatlami röyxati boşqa qonunlardagi röyxatga töğri kelmasmiş. Masalan, “Aholi bandligi töğrisida”gi qonunda harbiylaşgan organlar qöşinlaridagi muddatli harbiy xizmatdan böşatilgan şaxslar işga joylaştiriş böyiça qöşimça kafolatga ega toifa sifatida sanalgan, ammo bu “Ijtimoiy tadbirkorlik töğrisida”gi Qonunda yöq emiş. Baraka topgurlar, bu toifani ijtimoiy tadbirkorlikka nima aloqasi bor? U boşqa qonun bölsa, bu boşqa qonun bölsa.
5️⃣Beşinçidan, nima emiş, qonundagi ijtimoiy tadbirkorlar reyestridan çiqariş haqidagi band notöğri ekan, çunki tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişni faqat sud qarori bilan töxtatiş mumkin ekan. Lekin reyestrdan çiqariş tadbirkorlik faoliyatini töxtatiş deganimas-ku. Masalan, qaysidir tadbirkorni IT-Park rezidentligidan çiqariş uçun sud qarori şartmas-ku.
Xullas, juda bir ğalati qaror qabul qilindi. Juda ğalati.
Erinmasangiz muhokamani özingiz töliq tomoşa qiling:
https://youtu.be/2DxJo204o74?t=4992
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1
