Ösimlik yoği uçun soliq imtiyozlari töğrisidagi qonun

Matn24-aprel, 2021, 16:201 daqiqa0 koʻrish

Ösimlik yoği işlab çiqaruvçilari va importyorlariga soliq imtiyozlarini nazarda tutuvçi qonun maʼqullandi

✅ Senatning ön törtinçi yalpi majlisida maʼqullangan qonun bilan Soliq kodeksiga özgartiş kiritilib, unga köra 2021-yil 1-maydan 31-dekabrga qadar:

➖ mamlakatimiz hududiga ösimlik yoği, kungaboqar va ziğir uruği, şuningdek, soya danagini olib kiriş;

➖ ösimlik yoğini işlab çiqariş va (yoki) realizatsiya qiliş böyiça mablağlar aylanmasi qöşilgan qiymat soliğidan ozod qilinmoqda.

✅ Qolaversa, 2021-yil 1-maydan 31-dekabrga qadar bölgan davrda kungaboqar va paxta uruğlari, kungaboqar yoği va paxta yoği mahsulotlariga nisbatan mazkur Qonun bilan eksport boji joriy etilmoqda.

Mazkur Qonunning maʼqullanişi orqali moyli ekinlar ekilişi ustidan ham qatʼiy monitoring örnatilişi kutilmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek