OTMlarda kvota tizimidan voz keçiladi
Kvota tizimidan voz keçiladi!
OTMlar iqtisodiy mustaqil böladi!
Prezident Şavkat Mirziyoyev 24-oktabr kuni oliy taʼlim sohasini yanada rivojlantiriş masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazdi.
– Iqtisodiyot şiddat bilan rivojlanayotgan bir paytda oliy taʼlim tizimi taraqqiyotning lokomotivi böliş örniga, zamon bilan hamqadam bölmayotgani açinarlidir. Mehnat bozoridagi tarkibiy özgarişlarga javob beradigan, yoşlarimizga kasb-hunar örgatadigan, ularda tadbirkorlik könikmalarini şakllantiradigan tizim yöq desak, bu ham aççiq haqiqat, – dedi davlatimiz rahbari.
Şu bois sohadagi keçiktirib bölmaydigan vazifalarni bajariş yuzasidan quyidagi topşiriqlar berildi:
👉 talabalar qabulining soddalaşgan tizimini joriy etiş orqali qabul jarayonini kvota tizimidan davlat buyurtmasi va tabaqalaşgan tölov-kontrakt tizimiga ötkaziş;
👉 OTMlarning xalqaro nufuzini oşiriş, pedagog kadrlarning ilmiy-pedagogik faoliyatini munosib rağbatlantiriş maqsadida markazlaşgan moliyalaştirişdan öz-özini moliyalaştiriş va iqtisodiy mustaqil tizimga ötiş;
👉 rektorlar va prorektorlarni tayinlaşni soddalaştiriş, professor-öqituvçilar faoliyatini doimiy baholaş, manzilli rağbatlantiriş, masʼuliyat va javobgarligini oşiriş tizimini yaratiş;
👉 Özbekiston rektorlar kengaşi faoliyatini ham tubdan takomillaştiriş;
👉 rektorlar malakasini baholaş, bunda ularning maʼnaviy-maʼrifiy va ilmiy salohiyatiga alohida eʼtibor qaratiş;
👉 xorijda tahsil olayotgan yoşlarning Vatanimizga qaytib kelişiga şaroit yaratiş maqsadida xorijiy OTMlar diplomlarini tan oliş va nostrifikatsiya qiliş tartibini yanada soddalaştiriş;
👉 talabalar bilimini baholaş, öquv dasturlari hamda mavjud taʼlim-tarbiya tizimini takomillaştiriş.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
