Şavkat Mirziyoyev oliy taʼlimdagi islohotlar haqida

Matn28-dekabr, 2018, 11:201 daqiqa0 koʻrish

Şavkat Mirziyoyev:

«Oliy taʼlim tizimida tahsil oliş uçun keng imkoniyatlar yaratişga qaratilgan işlarni yanada kuçaytirişimiz zarur.

Yurtimizda bitiruvçilarni oliy taʼlim bilan qamrab oliş ötgan yillarda 9-10% bölib kelayotgan edi. Söngi 2 yilda körilgan çora-tadbirlar tufayli biz bu raqamni 15%dan oşirişga erişdik. Lekin bu hali yetarli emas, çunki dunyodagi rivojlangan davlatlar tajribasiga qaraydigan bölsak, bu körsatkiç ularda örtaça 60-70%ni taşkil etadi.

Şuning uçun 2019-yilda mamlakatimizda bitiruvçilarni oliy taʼlim bilan qamrab oliş darajasini 20%ga yetkaziş va kelgusi yillarda oşirib boriş muhim vazifalarimizdan biridir.

Yoşlarimizga bir vaqtning özida bir neçta oliy öquv yurtiga hujjat topşiriş imkoniyatini berişimiz, öylaymanki, ularning taʼlim oliş huquqlarini kengaytirişga xizmat qiladi.

Oliy taʼlim muassasalariga real imkoniyatlardan kelib çiqqan holda, qabul kvotalarini mustaqil belgilaş tizimini joriy etişimiz kerak.

Bakalavriat yönalişida tahsil olayotgan talabalarga xorijda öqişini davom ettiriş imkoniyatlarini yanada kengaytirişimiz kerak. Çunki jamiyatimizda oliy maʼlumotga ega, yuksak malakali mutaxassislar qança köp bölsa, rivojlaniş şunça tez va samarali böladi.

Vazirlar Mahkamasi uşbu takliflar yuzasidan 2 oy muddatda tegişli çora-tadbirlar işlab çiqişi kerak».

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek