Oliy taʼlim tizimini isloh qiliş böyiça takliflar

Matn10-sentabr, 2020, 20:153 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Pandemiya bahonasida oliy taʼlimda nimalar özgarişi kerak?

Koronavirus pandemiyasi juda köp sohalarda bölgani kabi taʼlim tizimida ham qotib qolgan stereotiplarni parçalab taşladi. "Buning iloji yöq" deya qarşilik körsatilgan köp işlar öz-özidan amalga oşib ketdi.

Birgina onlayn hujjat qabul qiliş tizimini misol keltiriş mumkin. Bakalavrga ham, magistrga ham, kollej-texnikumlardan tortib maktab-litseylarga ham, öqişni köçirişu ikkinçi mutaxassislikka ham onlayn hujjat qabul qilindi. Ayrim kamçiliklarni aytmasa, heç bir muammo bölgani ham yöq.

Xöş, şunday ekan, yana boşqa masalalarni ham körib çiqiş payti kelmadimikin? Masalan, men quyidagilarni taklif qilaman:

1️⃣ Majburiy formani bekor qiliş — pandemiya paytida hamma uyda öqiyapti va talabalar uyida istalgan kiyimida yurişibdi. Bundan kelib çiqadiki, kiyim talabaning bilimiga taʼsir ötkazadigan faktor emas. Oq köylak, qora şim, galstuk va uzun paypoq kiysa aqlli talaba yoki şularni kiymasa ahmoq talabaga aylanib qolmasligini öz közimiz bilan kördik. Ertalabdan eşikni tagida turvolib, galstugi yöq yoki köylagining rangi boşqaça talabalarni töxtatib, tuşuntiriş xati olib ötiradigan maʼnaviyat zamdekanlarning işi ham taʼlim sifatiga biror foydasi tegmasligini tuşundik.

Bas, şunday ekan, butun oliy taʼlim tizimida majburiy formani bekor qilsak nima böladi? Nima özgaradi? Heç narsa!

Albatta, majburiy formani bekor qiliş deganda, ayrimlar darrov körpani öziga tortib, vahimani boşlamasin. Talabalar haddidan oşmasligi uçun kiyimga qöyilgan ayrim çeklovlar baribir saqlanib qoladi, bu barça joyda bor. Ammo bu çeklov mantiqiy va kiçik böladi va talabada erkinlik köproq bölişi kerak.

2️⃣ Majburiy davomatni bekor qiliş — masofaviy darslar körsatib turibdiki, talaba jismonan biror darsda bölmasligi juda katta fojia emas. U mustaqil özi örganib, dars materiallari bilan tanişib, berilgan mavzuni özlaştirişi ham mumkin. Talabaning burnidan ip ötkazib, auditoriyaga majburan mixlab qöyib, uni öqitişga uriniş ançayin zamondan orqada qolgan metodlardan ekanligini pandemiya isbotlab qöydi. Aksinça mustaqil taʼlimga katta urğu beriş, öqituvçilar asosan töğri yönalişni körsatişi lozimligi, yaʼni talabaga muayyaan muammoning tayyor yeçimini aytiş emas, balki öşa muammoni qanday qilib yeçiş yöllarini örgatiş kerakligini tuşunyapmiz.

Xöş, şunday ekan, nima uçun oliy taʼlim tizimida majburiy davomat tizimini bekor qilmaymiz? Anʼanaviy öqişlar boşlangandan keyin, kim istasa darsga kelsin, istamasa onlayn özi mustaqil öqisin, lekin asosiysi oraliq va yakuniy nazoratlarni topşirişiga közi yetsa böldi, desak nima böladi? Taʼlim tizimimiz barbod böladimi? Yoki biror fojia röy beradimi? Heç narsa böl-may-di!!! Bu hammasi quruq gap, quruq safsata.

3️⃣ Haftasiga beş kunlik öqiş tizimiga ötiş — yana öşa yuqoridagi gap. Talabalani majburlab butun hafta davomida universitetda uşlab ötiriş notöğri va eskirgan metod. Bugungi zamon boşqa, talablar boşqa.

Masalan, barça oliy taʼlim tizimi beş kunlik rejimga ötsa va öquv rejalarini şunga moslaştirsa, nima özgaradi? Yoki talabalarimizning bilimi pasayib ketadimi (bundan ortiq yana qayoqqa pasayişi mumkin, hayronman)? Kimdir şu savolga aniq, faktlar bilan javob qaytara oladimi? Aniq işonç bilan ayta olamanki, bu ham taʼliming tepasida turganlarning asossiz qörquvi xolos.

4️⃣ Konspekt talab qiliş — ortiqça izoh berişim şartmas, şunçaki hozir 2020-yil ekanligini eslatib qöymoqçiman xolos.

5️⃣ Öquv yilini oktabr oyidan boşlaş — bu muammoli masala emas, şunçaki taklif. Pandemiya sabab test sinovlari keçikib ötkazilmoqda va 1-kurslar uçun yangi öquv yili oktabr oyidan boşlanadigan böldi. Xorij tajribasidan maʼlumki, akademik öquv yili odatda aynan oktabr oyidan boşlanadi. Bu köp tomondan qulay va öquv yilining bunday yuklamasi ham maʼqul deya qabul qilingan. Şu sababli bizda ham oliy taʼlim muassasalarida barça kurslar uçun öquv yilini oktabr oyidan boşlasak zör bölardi.

❓Sizda qanday takliflar bor? Oliy taʼlim tizimida taʼlim sifatiga bevosita taʼsir ötkazmaydigan yana qanday ortiqça talab va çeklovlarni olib taşlaş yoki yangi narsalar qöşiş kerak, deb öylaysiz?

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek