1-sinf öquvçilariga Prezident sovğasi bosqiçma-bosqiç beriladi
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa01-sinf öquvçilariga "Prezident sovğasi" pandemiya şaroitidan kelib çiqib bosqiçma-bosqiç tarqatiladi
Xalq taʼlimi vazirligining maʼlum qilişiça, maktabda öquvçilar va ota-onalarning töplanib qolişlarning oldini oliş maqsadida maktab maʼmuriyati “Prezident sovğalari”ni tarqatişni bosqiçma-bosqiç taşkil etişi mumkin. Aniqroq qilib aytiladigan bölsa “Prezident sovğalari” aynan 14-sentabr kuni emas, vaziyatga qarab, baʼzi maktablar keçroq oçilsa, keçroq topşirilişi mumkin.
Uşbu jarayonda maktab maʼmuriyatlari va ota-onalardan özaro hamkorlikda kasallik tarqalişining oldini oliş çoralarini köriş söraladi.
❗️Hurmatli ota-onalar!
"Prezident sovğasi" hozirlanayotganda har bir 1-sinf öquvçisi hisobga olingan, şu sababli heç bir bola "Prezident sovğasi"siz qolmaydi. "14-sentabr kuni olmasam, sovğa bizga yetmay qoladi" degan xavotirga örin yöq, sizdan faqat karantin talablariga rioya qilgan holda sovğani qabul qilib oliş söraladi.
👉 @xushnudbek 👈


