2-sentabrdan maktab oçilişi haqidagi xabarlar yolğon

Foto14-avgust, 2020, 15:101 daqiqa0 koʻrish

❗️2-sentabrdan maktab oçilişi haqidagi xabarlar yolğon

Internetda 2-sentabrdan maktablar oçilişi haqida xabarlar tarqaldi.

Xalq taʼlimi vazirligi masʼul vakilining ÖzAga (@uzauz) taʼkidlaşiça, mazkur tarqalgan xabarlar haqiqatga töğri kelmaydi. Maktablar qaçondan oçilişi hozirça nomaʼlum. Bu haqdagi tegişli qarorni Maxsus komissiya qabul qiladi.

ÖzA avvalroq maktablar oçilişiga oid 3 ta ssenariy körib çiqilayotgani haqida xabar bergan edi. Bular:

👉 Birinçisi, pandemiya holati barqarorlaşib, maktablar odatiy tartibda öz faoliyatini boşlaydi. Bu vazirlik va öquvçilar uçun eng maqbul variant.

👉 Ikkinçisi, SSVning Özbekistonda bolalarda virus keçişi böyiça xulosasi ijobiy bölmagan taqdirda taʼlim onlayn tartibda davom ettiriladi.

👉 Uçinçisi, gibrid ssenariyda maktablar oçiladi. Hudud va maktabdagi karantin holatidan kelib çiqib işlanadi. Bunda farzandi salomatligidan xavotir olgan ota-onalarga bolani uyda onlayn öqitişga imkon beriladi, yaʼni bolaning maktabga boriş-bormasligi ixtiyoriy böladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek