OTMlarga öqişga kiritiş bilan boğliq firibgarliklar foş etildi
«Korrupsiyasiz soha»
Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraş departamenti va DXXning Qöqon şahar bölimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, Qöqon davlat pedagogika instituti yoşlar yetakçisi B.X. va fakultet dekani V.X.lar firibgarlik yöli bilan daromad orttiriş maqsadida oldindan til biriktirib, fuqaro Z.S.ning işonçiga kirib, uning tanişi A.ni mazkur institutga öqişga kiritib qöyiş evaziga 3 ming AQŞ dollar olgan vaqtida aşyoviy dalil bilan uşlangan.
Departamentning Şayxontohur tuman bölimi tomonidan Toşkent şahar IIBB xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.P. fuqaro B.X.ning işonçiga kirib, uning öğlini yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali Özbekiston Milliy universitetiga öqişga kiritib qöyişi evaziga 8 ming AQŞ dollar talab qilib, şundan, 3 ming dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalil bilan uşlangan.
Departament va IIBning Samarqand şahar bölimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand davlat universiteti prorektori yordamçisi U.E. universitet talabasi S.ning işonçiga kirib, uning öqişini vazirlikda yuqori lavozimlarda işlovçi tanişlari orqali, Urganç davlat universitetiga köçirib berişi evaziga 800 dollarni firibgarlik yöli bilan olgan vaqtida aşyoviy dalil bilan uşlangan. Ammo Samarqand davlat universiteti uşbu xabar raddiya bildirib, bunaqa inson universitetda işlamasligi va bunday lavozim ham yöqligini, Boş prokuratura xabarida notöğri maʼlumot berilganini eʼlon qildi. Uşbu holatga aniqlik kiritilmoqda.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi va 28, 211-moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
