Sport universitetiga öqişga kiritişni vaʼda qilganlar uşlandi

Matn19-iyul, 2021, 19:121 daqiqa0 koʻrish

​Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga öqişga kiritib qöyişni vaʼda qilgan firibgarlar uşlandi

Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Çinoz tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti örganuvçi-öqituvçisi I.B. fuqaro R.ni 7 000 AQŞ dollari evaziga yuqori lavozimida işlovçi tanişlari orqali uşbu universitetga öqişga kiritib qöyişga işontirib, oldindan 3 500 AQŞ dollarini olgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Xuddi şunday, Departament hamda DXXning Uçtepa tumani bölimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, Toşkent davlat agrar universiteti sport klubi murabbiyi S.A. va boşqalar oldindan til biriktirib, fuqaro Ş.ni Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga yuqori lavozimlarda işlovçi tanişlari orqali öqişga kiritib qöyiş evaziga 4 200 AQŞ dollarini olgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek