Qaşqadaryoda pora beriş va firibgarlik holatlari aniqlandi
Keça Qaşqadaryo viloyatida prokuratura xodimlariga pora berişga uringan 2 nafar fuqaro qölga olinganligi xabar qilindi.
1-holatda 12-oktabr kuni Şahrisabz tuman xalq taʼlimi bölimi boş hisobçisi X.J. 117 mln kamomad böyiça özi va boşqalarni jazodan qutilib qolişi evaziga Şahrisabz tumani prokurori yordamçisiga 2500 AQŞ dollarini pora tariqasida bergan vaqtda uşlangan.
2-holatda 13-oktabr kuni Qarşi şahrida 90 kişini zaharlanişiga sababçi bölgan salatçi M.Ş. öz qilmişi böyiça jazodan qutilib qoliş maqsadida Qarşi şahar prokuraturasi tergovçisining xizmat xonasida unga 500 AQŞ dollarini pora tariqasida bergan vaqtda uşlangan.
Ha, aytgança, Qaşqadaryoda yana bir holat bölgan. Fuqaro S.B. özini prokuraturada işlaşini aytib, boşqa bir fuqarodan qarzini undirib beriş evaziga 12-oktabr kuni Qarşi şahar “Osiyo” bozori avtoşoh bekatida 500 AQŞ dollari va 8 mln söm pulni firibgarlik yöli bilan olib, pora berişga dalolatçilik qilganida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Barça holatlar böyiça jinoyat işi qözğatilgan.
Ayrim tizim vakillari (qaysi tizimligini aytib ötirmayman) ketma-ket pora oliş böyiça musobaqa öynayotgan bir paytda, huquqni muhofaza qiluvçi organlar pora oluvçi va beruvçilarni tutiş böyiça bellaşgani qanday yaxşi. Yöqsa, hammayoq korrupsionerlarga tölib ketadi.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
