Iş haqi va nafaqalarni oşiriş töğrisidagi yangi Farmon
Iş haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oşiriş töğrisidagi keçagi Prezident Farmoni şunga öxşaş avvalgi farmonlardan ança farq qiladigan matnga ega.
Unda faqatgina oşirilgan EKIHning miqdori bor emas, balki mehnatga haq tölaş bilan boğliq Prezidentning yangi körsatmalari ham örin egallagan.
Xususan, Vazirlar Mahkamasi 2019-yil 1-yanvardan Mehnatga haq tölaşning yagona tarif setkasini qayta körib çiqadi.
Bunda tarif setkaning quyi razryadlari tarif koeffitsiyentlarini örtaça 10 foizga, şu jumladan, 1-razryad böyiça 15 foizga, 2-razryad böyiça 10 foizga va 3-razryad böyiça 5 foizga oşiriş orqali mehnatiga kam haq tölanadigan xodimlarning iş haqi miqdorining jadal ravişda oşirilişini közda tutiladi. Bu eng quyi qatlamning ijtimoiy himoyasi uçun ijobiy foyda beradi.
Davlat byudjeti hisobidan saqlanadigan taşkilotlarda band bölgan universal kasblar xodimlari mehnatiga haq tölaşga doir razryadlarni tanqidiy körib çiqiladi va 2019-yil 1-yanvaridan ularning yangilanganlarini joriy etiladi.
Budjet taşkilotlarida mehnatga haq tölaş tizimini yanada takomillaştiriş konsepsiyasi işlab çiqiladi va 2019-yil 1-sentabrga qadar muddatda kiritiladi.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

