Prokuratura xodimlariga pora berişga uringanlar qölga olindi

Matn21-sentabr, 2018, 10:152 daqiqa0 koʻrish

Manba:Daryo — LIVE

​​Nafaqat militsiya xodimlariga, balki prokuratura xodimlariga ham pora taklif qilmang!

«Agrobank»ning Tomdi tuman filiali sobiq boşqaruvçisining işi Boş prokuratura huzuridagi Departament tomonidan körib çiqilayotgan bölgan. Sobiq bankir unga nisbatan jinoyat işi qözğatmaslik va işni öz foydasiga hal qilib beriş uçun Departamentning Tomdidagi boşliğiga 1000 dollar pora taklif qilgan. Va oxiri şuning 500 dollarini berayotganida qölga olingan.

Mirobod tumanida yaşovçi Departamentning tuman bölimi inspektori bilan uçraşib, uning bir qarindoşiga nisbatan jinoyat işi qözğatmay (uning aybi nimaligi aytilmagan), işni bosdi-bosdi qilib yuboriş uçun 500 dollar pora taklif qilgan. U porani Departamentning Mirobod tuman bölimi binosi oldida berayotganida qölga olingan.

Qöqondagi Departament şahar veterinariya bölimida qonunbuzarliklarga yöl qöyilganini aniqlagan — bunday holatda, albatta, jinoyat işi qözğatmasa bölmaydi. Lekin şahar boş veterinari işni tinçgina hal qiliş uçun Qöqondagi Departamentning boşliğiga 1 million söm pora taklif qilgan. U pulni Departamentning Qöqon şahar bölimi binosiga olib kelib, şu yerda Departament boşliğiga topşirgan. Söng uning qöliga kişan urişgan.

Piskentda bir novvoyxona noqonuniy faoliyat yuritib kelayotgan edi. Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi katta inspektori bu holatni aniqlagan. Novvoyxona egasi esa gaz va elektrga noqonuniy ulanib olgani, bu holat böyiça dalolatnoma rasmiylaştirilmasligi va hujjatlarin tegişli tartibda röyxatdan ötkazmaslik — xullas, MIB xodimi heç narsani körmagan kişi bölib, uyiga tinçgina qaytib ketişi uçun 500 ming söm pora taklif qilgan. Va pora taklif qilgani uçun qölga olingan.

Yuqoridagi törtta holatning bari böyiça Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi («pora beriş») bilan jinoyat işi qözğatilgan. Agar ular aybdor deb topilsa, yo kamida 9,2 million sömdan jarima tölaydi, yoki köpi bilan beş yilgaça ozodlikdan mahrum etiladi. Körib turganingizdek, nafaqat militsionerlar, balki prokuratura xodimlariga ham pora beriş mumkin emas.

https://t.me/joinchat/AAAAAD63OEHkQHOlfdglMg

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek