Özbekistonda bir neçta prokuror va mansabdorlar uşlandi
Prokurorlar pora bilan qölga olindi
Jizzax viloyatidagi tuman prokurorlaridan biri quriliş firmasi rahbariga qamoqqa oliş ehtiyot çorasini qöllamaslik hamda mazkur firmada aniqlangan kamomadni kam körsatiş evaziga 2 ming AQŞ dollari sörab, dastlab 1200 dollar oladi. Prokuror öz xizmat xonasida qolgan 800 AQŞ dollarini olgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Samarqanddagi tuman prokurorlaridan birining örinbosari fermer xöjaligi rahbariga nisbatan sud tomonidan tayinlangan jazoni oğirroğiga özgartiriş uçun protest kiritib, apellyatsiya bosqiçida hukmni kuçda qoldiriş evaziga 10 ming AQŞ dollari söraydi. Pulni vositaçi olgan vaqtida uşlandi. Tuman prokurori örinbosarining işga aloqadorligi dalillar asosida töliq tasdiğini topdi.
Namangandagi tuman MIB rahbari 800 AQŞ dollari evaziga xorijdan öqişni köçirib berişni vaʼda qilib, pora olayotgan vaqtda uşlangan.
Buxorodagi “Qoraköl” bojxona posti katta inspektori xorijiy tadbirkordan 800 AQŞ dollari sörab, bir qismini olgan paytda uşlandi.
👉 @xushnudbek 👈


