Nukusda II Xalqaro baxshichilik san'ati festivali
Nukusdamiz.
Bu yerda 3 kundan buyon II Xalqaro baxşiçilik sanʼati festivali bölib ötmoqda. Festival haqiqiy madaniyat bayramiga aylanib ketgan. Dunyoga maşhur Savitskiy muzeyi atrofida Özbekistonning barça viloyatlari öz madaniy burçaklarini örnatişgan.
Keçki sayrga çiqqanlar bir tomonda xorazmça raqsga tuşayotgan bölsa, boşqa tomonda buxoraçaga “taşlaşayapti”, bir tomonda diskoteka bölsa, boşqa tarafda surxonçaga öynaşyapti. Vodiydan kelgan sayyor sirk ustalari öz tomoşalari bilan xalqning olqişini olyapti.
Bir özim mazza qilib aylandim, odamlar kayfiyatini körib zavqim keldi. Qoraqalpoq qardoşlarimiz juda bir samimiy insonlar-da, har safar qoyil qolaman.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1
