Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Banklardagi korrupsiya va mansabdorlarning jinoyatlari

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0

Banklardagi korrupsiya

Boş prokuror Niğmatilla Yöldoşevning xabar berişiça, ötgan ikki yil mobaynida banklarning 166 nafar mansabdor şaxslari korrupsiyaviy jinoyatlari uçun javobgarlikka tortilgan.

Jumladan, «Xalq banki» va «Mikrokreditbank»da boşqaruv raisi lavozimlarida işlab kelgan E. öz mansabidan foydalanib, qator korrupsiyaviy jinoyatlarga qöl urgan.

Xususan, muqaddam qator jinoyatlarni sodir etib, AQŞda yaşirinib yurgan X. bilan til biriktirib, Sirdaryo viloyatida 4 ta soxta firma taşkil qilgan. Bu firmalarni amalda boşqariş uçun 18 nafar şaxslardan iborat uyuşgan guruh faoliyatini yölga qöyişgan.

Uyuşgan guruh 2019-yil sönggi 9 oyida qariyb 732 mlrd. sömni qonunga xilof tarzda naqdlaştirib, 7 mlrd. sömga yaqin budjet mablağini talon-toroj qilgan. 215 mlrd. söm turli plastik kartalarga moliyaviy yordam körinişida ötkazilib, 22,5 mln. dollar naqd pulga aylantirilib, xorijga olib çiqib ketilgan.

Uyuşgan guruh rahnamolik qilgan firmalar 101 mlrd. söm soliq tölovlaridan ham böyin tovlagan.

Bundan taşqari, E. «Xalq banki» boşqaruvi raisi lavozimiga tayinlangaç, bank binosi qurilişini olib borayotgan pudratçilarni öziga taniş pudratçilarga almaştirib, obyekt qurilişida 5,5 mlrd. sömlik bank mablağini talon-toroj qilgan.

«Mikrokreditbank»ka rahbar etib tayinlanganda esa, öz rahnamoligidagi firmalar orqali birgina xizmat kabineti uçun 100 mln. sömlik mebel jihozlarini 273 mln. sömga, bankning Sirdaryo filiali uçun 700 mln. sömlik binoni 4 mlrd. 700 mln. sömga sotib olib, mablağlarni ömargan.

Hozirda E. va uning jinoiy şeriklari qamoqqa olinib, sud oldida javob bermoqda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek