Korrupsiyada ayblanib qölga olingan mansabdorlar röyxati
Prezident boşçiligidagi selektorda korrupsiyada ayblanib qölga olingan mansabdorlar haqida maʼlumot berildi
Joriy yilning 15-oktabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida ötkazilgan yiğilişda korrupsiyaga qarşi kuraşiş masalalari ham körib çiqildi. Bu haqda ÖzA (@uzauz) xabar bermoqda.
Majlisda oxirgi olti oyda bu yönalişda olib borilayotgan keskin kuraş öz natijasini berayotgani qayd etildi. Körilgan çoralar natijasida bir qator mansabdor şaxslar qölga olingan bölib, ularga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda hamda tegişli jazo çoralari belgilanişi kutilmoqda.
Jumladan, Qibray tumani hokimining investitsiya masalalari böyiça örinbosari J.Maşrabov 2020-yilning 11-iyun kuni Qibray tumanidan 9 gektar böş yer maydonini 60 ming AQŞ dollariga sotişni taklif qilib, 35 ming AQŞ dollariga sotayotgan vaqtda jinoyat ustida qölga olingan.
Toşkent şahar hokimligi qoşidagi kapital quriliş boş boşqarmasi boşliği örinbosari B.Allamuratov Çilonzor tumanidagi investitsiyalar va taşqi savdo bölimi boşliği X.Şukuraliyevga 2020-yilning 25-iyun kuni Çilonzor tumanidagi 1 gektar yer maydonini 1 mln. 400 ming AQŞ dollariga sotayotgan vaqtda qölga olingan.
Andijon viloyati, Marhamat tumani hokimi yordamçisi U.Alijonov 2020-yilning sentabr oyida yaqin aloqalari orqali Marhamat tumani hududidan 11 ga yer maydoni ajratiş uçun jami 29 000 AQŞ dollari miqdoridagi noqonuniy pulni olayotgan vaqtda jinoyat ustida uşlangan.
Farğona viloyati, Buvayda tumani hokimining birinçi örinbosari M.Dehqanov joriy yilning oktabr oyida Buvayda tumanida joylaşgan “Erkin iqtisodiy hudud”dan tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullaniş uçun 50 sotix yer maydonini rasmiylaştirib beriş evaziga 20 000 AQŞ dollari olgan vaqtida jinoyat ustida qölga olingan.
Toşkent viloyati Oqqörğon tumani hokimi örinbosari A.Töymaçov, Kadastr bölimi boşliği I.Qoraboyev bilan birgalikda 2020-yilning 18-mart kuni Oqqörğon tumanida joylaşgan 1,5 ga yer maydonini 1500 AQŞ dollariga sotayotgan vaqtida jinoyat ustida qölga olingan.
Toşkent viloyati Böstonliq tumani hokimining örinbosari Z.Mirzaxodjayev 2020-yilning oktabr oyida Böstonliq tumanida joylaşgan 5 sotix yer maydonini 25 ming AQŞ dollariga sotayotgan vaqtida jinoyat ustida qölga olingan.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1

