Byurokratik majlislar va vaqt isrofi tanqid qilindi

Matn15-oktabr, 2020, 12:302 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Hamma majlisga!

Bugun qiziq bir majlisda qatnaşdim. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazida bölgan majlisda "Qadring baland bölsin, ona tilim" tanlovining taqdirlaş marosimini taşkil etiş muhokama qilindi. Tadbir va majlis taşkilotçisi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantiriş departamenti. Yaxşi tanlov taşkil qilinibdi, bardavom bölsin.

Majlisda 20 ga yaqin vazirlik va idoralarning rahbar xodimlari qatnaşdi.

Majlis uzoği 10-15 daqiqa böldi. Majlisni olib boruvçi vakil Taşkiliy qömita raisi tomonidan tasdiqlangan, oldindan hamma taşkilotga tarqatilgan va şundoq ham barçaning xabari bölgan vazifalar taqsimotini, yaʼni kim nima qilişi kerakligini yana bir bor öqib berdi. Bittadan turğizib, "siz falon narsani qilasiz" dedi, böldi.

Şu bilan majlis tugadi va hammaga ruxsat berildi.

Oldindan hammaning xabari bölgan narsani eşitiş uçun 20 ga yaqin taşkilotlar rahbar xodimlarining 1 soatga yaqin vaqti olindi (keliş-ketişi bilan). Hamma bekorçi deb öylaşsa kerak-da. Deyarli barça majlis iştirokçilari xizmat maşinasida kelgan, demak haydovçilar bilan qöşganda taxminan 40 kişi ovora, davlat byudjetidan yoqilği uçun behuda xarajat sarflandi.

Ammo bularni öylaşmaydi. Şu majlisdagi gaplarni onlayn Zoom orqali, Telegram orqali, yoki juda bölmasa telefonda ham aytsa böladiku, degan fikr ularning xayoliga kelmaydi.

Yöq, hammani majlisga yiğ, bor narsani yana bir marta öqib ber va keyin hammaga ruxsat berib yubor. Tamom. Boşqaçasiga işlamaymiz. Özimizning sevimli byurokratik prinsipimizdan voz keçmaymiz. Hatto pandemiya paytida ham.

Tugadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek