Investitsiya vazirligi xodimlarining mehmonxona xarajatlari
“Budjet pulidan emas”. Unda qayerdan?
Keça Investitsiya va taşqi savdo vazirligining 84 nafar xodimi 22 kun mehmonxonada turgani uçun 1 mlrd pul sarflangani xabar qilingandi. Keyinçalik maʼlum bölişiça, aslida 2 mlrd söm sarflangan.
Vazirning birinçi örinbosari Aziz Voitov Gazeta.uz naşriga bu xarajatlar budjet mablağlari hisobidan amalga oşirilmaganini aytibdi.
Uning bu gapidan hayratlangan iqtisodçi Behzod Hoşimov öz kanalida quyidagiça fikr bildirdi:
“Qiziq zamonlar. Hukumat xarajatlari budjet hisobidan bölmasligi juda qiziq.
“Budjet” degan söz notöğri talqin qilinişi katta muammo. Şuning uçun ham, budjet va soliq siyosatini, konstitutsiyaga binoan, faqat qonun qabul qiluvçilar qabul qilişi kerak. Ixtiyoriy davlat hokimiyati organi puli, ayniqsa hukumatning puli, şartli ravişda — xalq puli. Yaʼni “budjet” puli bölişi kerak. Xalq puli bölgani uçun, barça budjet qonun qoidalariga amal qilinişi kerak.
Agar favqulodda hodisa bölib, xalq puli hisobidan, yaʼni budjet hisobidan köproq sarf etiş talab etilsa, konstitutsiyaga binoan, ijro hokimiyati qonun işlab çiqaruvçilardan xarajatlarni oşirib berişni söraşi mumkin. Ular ruxsat bersagina, işlatişi mumkin böladi.
Suv suyuq bölgani kabi, byudjetdan taşqari “budjet” ham yomon narsa. Bir paytlar budjet bilan byudjetdan taşqari davlat xarajatlari hajmi taxminan teng edi. Şuni isloh qiliş rejada bor edi. Xalq pulini mingta çöntakka solib, bittasini körsatiş yaxşi amaliyot emas. Bu çöntaklarni bir narsa deb sanamaslik — mantiqsiz.
“Yaşirin iqtisodiyot” bilan kuraşiş ança qiyin va uddasidan çiqiş muşkul bölgan masala.
Lekin “yaşirin budjet”ni yöq qiliş uçun esa köp kuç ketmaydi, va aniq aytiş mumkinki, iqtisodiy rivojlaniş uçun, “yaşirin budjet”dan voz keçiş ança samaraliroq iş bölar edi.
“Yaşirin budjet”dan voz keçsak, menimça, köp davlat xarajatlari samarasizligini va davlatning iqtisoddagi örni haqidagi mulohazaga ham kelar edik. Budjet deganda, faqat öqituvçilarni oylik maoşlari emas, jamiyatga tegişli barça mablağlarni sanaş kerak. Öşanda, nisbiy ravişda qayerga qança ketkazayotganimiz ança yaxşiroq körinib qoladi. Qisqasi, yaşirin budjet — yöq qilinişi kerak, bu tariximizdagi qora xotira bölişi kerak. Şarqiy post-kommunist Yevropada ham, fiskal islohotlar, yaʼni şunday çöntaklardan voz keçiş muhim siyosiy özgariş deb atalgan edi.
Şundan söng, soliq yuki, bojxona tölovlari ham kamayadi. Odamlar oz bölsa ham, moliyaviy ahvollari yaxşilanişiga imkoniyat tuğilişi mumkin böladi.
Odamlar öz pullarini davlat byurokratlaridan yaxşiroq işlatişini va taqsimlaşini hammamiz bilamiz, şuning uçun ham bu masala juda dolzarb.
Bu narsa haqida, “yaşirin budjet” haqida, Federal rezervning topgan foydasi AQŞ byudjeti, yaʼni moliya vazirligiga berilişi haqidagi mulohazadan örganiş mumkin. Federal Rezerv taşkil topganda, u pul topişi mumkinligi körilgan, öşanda qonun böyiça, Federal rezervning barça “daromadi” şartli ravişda moliya vazirligiga berilişi kerakligi qonunga kiritilgan”.
Post tugadi.
👉 @xushnudbek 👈

