Uzbekistan Airways kabi korxonalarning jamiyat uçun zarari

Matn6-may, 2021, 15:233 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Iqtisodiy dars: «Uzbekistan Airways» kabi korxonalarning jamiyat uçun zarari aslida biz körib turganimizdan kattaroq

Iqtisodçi Behzod Hoşimovning öz kanalida yozgan postini Sizga ham ilindim, albatta öqib çiqişingiz kerak:

«Körgan bölsangiz kerak, yaqinda eng köp zarar körgan korxonalar röyxati eʼlon qilindi. Bu röyxatni körib, davlat tasarrufidagi korxonalarga nisbatan notöğri xulosa qiliş mumkin. Masalan, «Özbekiston havo yöllari» 755 milliard söm zarar körgani haqidagi maʼlumotni eşitib, şu korxona «soliq tölovçilarga va Özbekiston iqtisodiyotiga atigi 755 milliard zarar keltirmoqda» degan yangliş xulosa qilib qöyiş ehtimoli bor.

Aslini olsak, davlat korxonalari va davlatning kuçidan foydalanadigan holda raqobatni çeklaydigan xususiy korxonalarning jamiyatga va iqtisodiyotga zarari, sof «buxgalterlik zarar»dan ança köproq. Bu yerda men şartli aviakompaniya barça soliqlardan ozod qilingani, yoki 2020-yildagi iqtisodiy inqiroz paytida birinçilardan soliq tölovçilar hisobidan qutqarilganini aytmoqçi emasman. Men iqtisodiy şikast haqida aytmoqçiman.

Keling, şartli ravişda aviaqatnovlarni olaylik. Davlat korxonasi manfaatlaridan kelib çiqilgan holda, raqobat sunʼiy ravişda çeklanişini hammamiz yaxşi bilamiz. Bu degani avia bozoridagi raqobatni sunʼiy çeklanganligi tufayli — qimmatroq narxda bilet olişga majburmiz (qanday qilib çeklaşlari alohida mavzu). Buni biliş uçun, qöşni mamlakatlar yoki boşqa çet el mamlakatlaridagi çipta narxlarini körsangiz ham böladi.

Deylik, şu raqobatni çeklovçi sabablar tufayli, bizda biletlar örtaça $100 qimmatroq. Yaʼni agar oçiq bozor bölganida, bizdagi örtaça biletlar narxi $100 ga arzonroq bölar edi, deya faraz qilib köraylik. Albatta bu raqam gipotetik va öta konservativ.

Endi, bizda 5,8 millionta bilet sotiladi, deb faraz qilsak (2019), jamiyatga korxonaning birinçi darajali sof iqtisodiy zarari — 580 mln dollar böladi. Bu butun mamlakat byudjetining salkam 5%i atrofida. Va bu raqam atigi birinçi darajali sof iqtisodiy zarari edi. Yaʼni biz, har bir odam qimmatroq narxda bilet olayotganligining sof zararini hisobladik xolos.

Yana kamida uç turdagi zarar bor:
1) bilet ola olmagan odamlar;
2) bilet olmaganlikni taşqi taʼsirlari (externality);
3) alternativ xarajatlar (opportunity cost).

Bilet ola olmaganlar zarari. Albatta Özbekiston boy mamlakat emas, lekin oddiy hisob-kitoblar şuni körsatadiki, bizdek daromadlarga ega bölgan mamlakatlarda kişi boşiga uçiş soni bizdan örtaça 1,5 barobar köproq. Qöşni Qirğizistonda, kişi boşiga biletlar soni bizdan ança katta: bizda 0.17, ularda 0.57 (2019-yil maʼlumotlari). Yaʼni agar Özbekistonda qatnovlar soni heç bölmasa Qirğiziston darajasida bölganida bizda 5,8 millionta emas, salkam 19 millionta bilet sotilişi kerak edi. Yaʼni davlat raqobatni çeklaşi natijasida, konservativ hisoblasak, 13 milliondan köproq parvozlar amalga oşmayapti. Qaytaraman, men Qirğiziston bilan soliştirdim, Norvegiya bilan emas. Bu sodir bölmagan parvozlarning qançasi albatta sof zarar, lekin taşqi taʼsirlar ham bor, şu sodir etilmagan parvozlarda kelmagan turistlar, tuzilmagan bitimlar va hokazolar yotibdi. Bular ham ança katta raqamlar.

Xulosa şuki, raqobatni çeklab davlat korxonalarini parvariş qilişimiz oqibatida, ular nafaqat sof buxgalterlik zarar körişadi, balki jamiyatga nihoyatda katta iqtisodiy şikast körsatişadi. Masalani şu qiyinlaştiradiki, buxgalterlik zararini köra olamiz, hozirgidek «755 milliardgina» deya olamiz, lekin asl iqtisodiy şikasti bizga körinmaydi. Lekin bunday zarar yöq degani emas.

Yana bir narsa: davlat korxonasi 100% rentabellik körsatib, mutlaq foyda qilayotgan bölsa ham, bu korxona jamiyat uçun foyda degani emas. Çunki agar foydasining mexanizmi va ildizi raqobatni çeklaş natijasida körilgan bölsa, har doim iqtisodiyot uçun zarari, foydasidan kattaroq böladi.

Şuning uçun foyda qiladigan, lekin raqobatni çeklaydigan aksar davlat korxonalari va ayrim siyosiy kuçga ega bölgan xususiy korxonalar ham, garçi qoğozda foyda körsa ham, jamiyat uçun qip-qizil zararligiça qoladi».

Post tugadi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek