Byudjetdan taşqari jamğarmalar va yaşirin budjet muammosi
Byudjetdan taşqari “katta çöntaklar” haqida
Mudofaa vazirligining keçagi munosabati yana öşa eski mavzuni yodimizga soladi. Köplab davlat taşkilotlarining alohida “çöntak”lari bor, yaʼni byudjetdan taşqari jamğarmalari. Va ular bu jamğarma pullarini istagança işlatişga haqqimiz bor deb öylaşadi, agar jamoatçilik katta xarajatlardan norozi bölsa, “bu sizlarning pulingiz emas, köp gapirmanglar” deganday javob beriladi.
Masalan, ötgan yili karantin paytida Investitsiya va taşqi savdo vazirligining 84 nafar xodimi 22 kun mehmonxonada turgani uçun 2 mlrd söm pul sarflangandi. Keyinçalik vazirning birinçi örinbosari bu xarajatlar budjet mablağlari hisobidan amalga oşirilmaganini aytgandi.
Iqtisodçi Behzod Hoşimov bu kabi holatlarni mantiqsizlik degandi.
“Xalq pulini mingta çöntakka solib, bittasini körsatiş yaxşi amaliyot emas. Bu çöntaklarni bir narsa deb sanamaslik — mantiqsiz.
Qisqasi, yaşirin budjet — yöq qilinişi kerak, bu tariximizdagi qora xotira bölişi kerak. Şundan söng, soliq yuki, bojxona tölovlari ham kamayadi. Odamlar oz bölsa ham, moliyaviy ahvollari yaxşilanişiga imkoniyat tuğilişi mumkin böladi”, - degandi Hoşimov.
Töliq post:
https://t.me/xushnudbek/7387
Bundan taşqari 2019-yili Moliya vaziri Jamşid Qöçqorov ham byudjetdan taşqari jamğarmalarga qarşiligini, jahon tajribasidan kelib çiqib, bunaqa jamğarmalarga tuşadigan mablağlar byudjetga konsolidatsiya qilinişi kerakligini aytgandi.
“Ular davlat binosida ötiribdi, davlat xizmatini körsatayapti. Töğri, bu mablağlarni tuşiriş uçun mehnat ham sarflanadi, masalan, jarima undiriş uçun jarimani aniqlaş va rasmiylaştiriş kerak. Lekin baribir bu tuşumlar davlatniki.
Biz joriy yilda jismonan ulgurmadik, ammo kelasi yil davomida bunday xos jamğarmalar töliq nazoratga olinadi. Şunda adolatdan böladi”, - degandi Jamşid Qöçqorov.
Batafsil:
https://t.me/xushnudbek/3730
2020-yil balki karantin bölgani uçun “çöntak” jamğarmalarning byudjetga töliq konsolidatsiya qilinişi yana qolib ketdi, şekilli. Hozirgi moliya vaziri Timur Işmetov Jamşid Qöçqorov boşlagan bu masalani oxiriga yetarmikin, yoki uning bu boradagi pozitsiyasi boşqaçamikin?
Byudjetdan taşqari jamğarmalar desa, köz oldimga odatda sigir soğuvçilar keladi. Ayrim taşkilotlar mana şu “çöntak”larini qappaytiriş uçun ham xalq yelkasiga yangidan-yangi tölovlar öylab topib, undiriş yoki tölovlar miqdorini baland qilib belgilaş payida böladi.
Masalan:
👉 DTMning jamğarmasini töldiriş uçun test topşiruvçilardan olinadigan tölovni dastlab 223 ming söm (1 barobar) etib belgilaşmoqçi edi. Jamoatçilik eʼtirozidan keyin yarim “minimal”ga (hozir 122,5 ming söm) tuşirişdi. Ammo yarim minimalni ham qimmat deb hisoblayman, uni yana 2 barobar kamaytirsa böladi.
👉 IIV YHXBB özining jamğarmasini töldiriş uçun tonirovka örnatiş tölovini hamda uning jarimasini öta mantiqsiz ravişda baland qilib belgilab qöygan. Jazirama issiqda qiynalsang, qiynalib ket, asosiysi bizning “çöntak” tölsin, degan prinsip. Jamoatçilikning eʼtirozidan keyin narxlar bir neça bor kamaytirildi. Lekin hozirgisi ham öta baland deb hisoblayman.
Bundan taşqari jarima miqdorlari ham öta kulgili.
👉 Axborot texnologiyalari sohasining “çöntak” jamğarmasini töldiriş uçun UZIMEI tizimi öylab topildi. Mohiyatan foydali tizim uçun xalqqa qöşimça “telefon soliği” solindi, odamlarni qiynaydigan byurokratik tösiqlar öylab topildi.
👉 Yöl fondining pullari byudjetdan taşqari jamğarmaga tuşarmidi yoki yöq, hozir aniq eslolmadimku, lekin maşinalar oldi-sotdisini rasmiylaştirişda otning kallasiday tölov öylab topildi. Şunga yaraşa yöllarimiz yaxşi bölib qolgan bölsa ham mayli edi. Xalqqa solingan bunday yirik adolatsiz tölovni aylanib ötiş uçun, odamlar yoppasiga “generalnaya doverennost” qilişga ötdi. Natijada minglab insonlar yoki aldanib, yoki boşqa sabablar bilan maşinasiga kuyib qolmoqda.
Xullas, qissadan hissa şuki, davlat taşkiloti topgan pul ham davlatniki - xalqniki bölişi kerak. “Çöntak” jamğarmalarni töldiriş iştiyoqi baʼzan xalq ziyoniga absurd qarorlar qabul qilişga olib keladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 2


