Jamşid Qöçqorov 2020-yilgi budjet prognozini taqdim etdi

Matn30-noyabr, 2019, 11:353 daqiqa0 koʻrish

Boş vazir örinbosari – Moliya vaziri Jamşid Qöçqorovning Senat yalpi majlisida budjet masalasi böyiça sözlagan nutqidan muhim qismlar:

Prognoz:

• 2020-yilda YAIMning 5,5%ga, sanoat mahsulotlari işlab çiqarişning 6,5%ga, qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqarişning 4%ga; kapital quyilmalar hajmining kamida 10%ga; çakana savdo aylanmasining 5,6%ga; xizmat körsatiş hajmining 5,7%ga ösişi prognoz qilindi.

Soliqlar:

• 2020-yildan boşlab foyda soliği stavkasi 12%dan 15%gaça oşiriladi. Buning sababi – bir tomondan, davlat byudjeti yöqotişlarini qisman qoplaş bölsa, ikkinçi tomondan esa işlovçilarga iş haqini foyda orqali berilişini oldini olişdir.
• 2020-yilda yuridik şaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq 2%, jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği 12%, kiçik korxonalar tovar aylanmasidan undiriladigan soliq esa 4% miqdorida saqlanib qolinadi.
• stavkalari absolyut miqdorlarda belgilangan soliqlar esa tegişli ravişda (alkogol va tamaki mahsulotlari ikki bosqiçda 8% va 7%, yer va suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliq esa – 15%) indeksatsiya qilinadi.

Daromadlar:
• 2020-yil uçun Konsolidatsiyalaşgan budjet daromadlari 159 trln. söm yoki YAIMga nisbatan 24,3% darajasida prognoz qilinmoqda.
• Bevosita soliqlar böyiça tuşumlar 2020-yilda 40,7 trln. sömni taşkil qilişi prognoz qilinmoqda.
• Davlat byudjeti umumiy daromadlarining 45,3%ini bilvosita soliqlar taşkil etib, 58,2 trln. söm miqdorida prognoz qilinmoqda.
• Boşqa daromadlar va soliq bölmagan tuşumlar 8,8 trln. söm yoki daromadlarining 6,9%i miqdorida prognoz qilinmoqda.

Xarajatlar:
• 2020-yil uçun Davlat byudjetining jami xarajatlari 131,1 trln. söm miqdorida prognoz qilinmoqda.
• Xarajatlarining 53%ini yoki 69,7 trln. söm iş haqi va unga tenglaştirilgan tölovlar taşkil etadi.
• Kelgusi yilda taʼlim sohasiga 30 trln. söm mablağ ajratilişi közda tutilmoqda. Şundan:
a) maktabgaça taʼlim sohasiga 5,2 trln. söm;
b) umumiy örta taʼlim xarajatlariga 20,9 trln. söm;
v) oliy taʼlim muassasalari faoliyatini moliyalaştirişga 2,3 trln. söm.

❗ 2020-yilda Davlat byudjeti daromadlari 128 trln. 460 mlrd. söm, xarajatlari esa 131 trln. 104 mlrd. söm yoki yalpi içki mahsulotga nisbatan 0,4% miqdorida taqçillik bilan prognoz qilinmoqda.
(Konsolidatsiyalaşgan Davlat byudjeti defitsiti yalpi içki mahsulotga nisbatan 0,5 foiz).

Taşqi qarz:
• Özbekiston taşqi qarzi 1-oktabr holatiga 13,5 mlrd AQŞ dollarini taşkil qilmoqda.
• davlat taşqi qarzi 2019-yil davomida 1,5 barobarga oşib yil yakunida 15,3 mlrd. dollar (YAIMga nisbatan 25,4 foiz) miqdorida bölişi kutilayapti.
• Xalqaro valyuta jamğarmasining qöllanmasi asosidagi hisob-kitoblarga köra, hozirça qarzimiz xavfsiz darajada, biroq uzoq muddatda budjet barqarorligini saqlaş maqsadida taşqi qarzni jalb etiş böyiça imzolanadigan yangi şartnomalarning çegaralangan miqdorini 4 mlrd AQŞ dollar, davlat maqsadli dasturlarini amalga oşiriş uçun Özbekiston nomidan jalb qilinadigan taşqi qarzning çeklangan hajmini 1,5 mlrd. AQŞ dollari miqdorida belgilaş taklif etilmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek