Soliq tölovçilarning qadri va Hidden Figures filmi

Matn9-aprel, 2019, 09:002 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Soliq tölovçilarning qadri

Dam oliş kunida bir film kördim - Hidden Figures (Skritiye figuri). Ajoyib! Özi hayotiy voqealarga asoslangan filmlarni körsam mazza qilaman.

Ötgan asrning 60-yillaridagi AQŞ hamda SSSR örtasidagi kosmik poygalar haqida hikoya qiluvçi uşbu film, şuningdek AQŞdagi irqçilik kayfiyatini ham taʼsirli körsatib bera olgan. Gollivud, baribir Gollivud-da!

Filmni köra turib, bir epizodga ahamiyat berdim. NASA koinotni zabt etiş böyiça juda katta loyihalarni amalga oşirayotgan edi. Ana şunday loyihalardan birida 1961-yil 21-iyul kuni fazogir Gas Grissom «Merkuriy-Redstoun-4» kosmik kemasida suborbital parvozni amalga oşiradi. Parvoz deyarli muvaffaqiyatli amalga oşadi, faqat qöniş çoğidagi texnik nosozlik tufayli kosmik kapsula Atlantika okeaniga çökib ketadi. Kosmonavtning özini vertolyotda qutqarib olişadi.

Şu voqeadan söng NASA'dagi loyiha rahbarlariga nisbatan iş oçiladi va senatorlar oçiq majlisda şu loyihaga masʼul rahbarlarni «Soliq tölovçilarning pullari sizlarning kosmik kapsulangiz bilan birga okean tubiga çökib ketdi-ku» deya söroqqa tutadi.

Qadriyatni qarang. «Davlatning puli, byudjetning puli» emas, aynan soliq tölovçilarning pullarini isrof qildinglar, endi bunga javob beringlar, deyişyapti. Boz ustiga gap kiçik yoki ahamiyatsiz loyihalar ustida emas, kosmosni kim birinçi bölib egallaş kabi olamşumul vazifa ustida borayotgan edi. Yaʼni bunday loyihalarda milliardlab mablağ sarflanişi normal holat bölsa-da, ular baribir «soliq tölovçilarning pullari okeanga tubiga çökib ketdi», deya eʼtiroz bildirişmoqda.

Jamiyatda soliq tölovçilar mana şunday qadrlanişi, ular oldida töliq hisobdorlik hissi şakllanişi kerak.

Özbekistonda ham köngildagidek natija bermagan yoki şoşmaşoşarlik bilan boşlanib, yarmida töxtatib qöyilişi natijasida soliq tölovçilarning milliardlab pullari havoga sovurilgan loyiha taşabbuskorlarini ham şunaqa söroqqa tutiş boşlansa bormi, ehheyeye...

Yaqin yillarda bizda ham şunaqa bölarmikin-a?!

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek