Islom Karimovning sevimli kitoblari röyxati eʼlon qilindi

Matn8-aprel, 2019, 18:012 daqiqa0 koʻrish

​​📚 RAHBARLARNING SEVIMLI KITOBI (5️⃣-qism)

«Rahbarlarning sevimli kitobi» loyihasining bugungi sonida faqat bir insonning sevimli asarlari haqida maʼlumot beramiz.

Loyihani boşlagan paytimiz, muştariylarga «Kimlarning sevimli kitoblari haqida maʼlumot Sizlar uçun qiziq?» degan savol bilan murojaat qilgandik. Öşanda köpçilik ayni şu inson sevib mutolaa qilgan kitoblari haqida maʼlumot bilib berişimizni iltimos qilişdi. Dastlab bu biz uçun imkoni yöq masaladek tuyuldi. «Axir qanaqa qilib, ularning sevimli kitoblari röyxatini bilişimiz mumkin», deya boşimiz qotdi.

Lekin döstlarimizning maslahati va kömagi bilan, buning yölini topdik. Yaʼni Özbekiston uçun qadrli bölgan öşa insonning turmuş örtoğiga - Tatyana Karimovaga murojaat qildik.

Sezganingizdek, bugun buyuk davlat va siyosat arbobi, özbek xalqining uluğ va ardoqli farzandi, mamlakatimizning Birinçi Prezidenti Islom Abduğaniyeviç Karimovning sevimli kitoblari röyxati bilan taniştiramiz.

Xabaringiz bor, loyihamizda rahbarlarning sevimli 3 ta kitoblari haqida maʼlumot berar edik. Lekin bugun istisno tariqasida bu miqdorni ança köpaytirdik. Sababi Tatyana Karimovaning xotirlaşiça, Islom Abduğaniyeviç juda köp kitob öqiganlar. Samolyotda, yölda, uyda... Kitob öqiş ularning eng sevimli maşğulotlaridan biri bölgan ekan, böş vaqtlari bölişi bilan mutolaa qilişni yoqtirgan ekanlar. Şuning uçun ham 3 tagina kitobga töxtaliş ançayin muşkullik tuğdirişini bildirdilar. Şunga köra, Tatyana Akbarovna Islom Karimov sevib mutolaa qilgan 15 ta kitoblar röyxatini taqdim qildilar.

Yana ham aniqroği uşbu röyxatni Islom Karimovning sevimli 15 nafar adiblari röyxati desak ham böladi, çunki ayrim adiblarning bir neçta asarlari eslab ötilgan.

Islom Abduğaniyeviç Karimovning sevimli asarlari röyxati:

• Amir Temur. «Temur tuzuklari»;
• Imom Buxoriy. «Al-Jomeʼ as-sahih»;
• Abdulla Qodiriy. «Mehrobdan çayon»;
• Said Ahmad. «Ufq» trilogiyasi, «Jimjitlik»;
• Pirimqul Qodirov. «Yulduzli tunlar»;
• Odil Yoqubov. «Uluğbek xazinasi»;
• Teodor Drayzer. «Moliyaçi», «Titan» va «Matonatli» trilogiyasi;
• Ernest Heminguey. «Çol va dengiz», «Qönğiroq kimni çorlayapti?»;
• Djeyms Makgregor Berns. «Franklin Ruzvelt. Inson va siyosatçi» (asli: «Roosevelt. The Soldier of Freedom»);
• V.G.Truxanovskiy. «Uinston Çerçill: siyosiy biografiya»;
• Çingiz Aytmatov. «Kassandra tamğasi», «Asrga tatigulik kun», «Qiyomat», «Oq kema» va boşqalar;
• A.Soljenitsin. «Birinçi doirada» («V kruge pervom»), «Gulag Arxipelagi» va boşqalar;
• Yulian Semenov. Romanlar, qissalar va hikoyalar;
• Valentin Pikul. «Söz va iş» («Slovo i delo»), «Boyazid qalʼasi» («Bayazet») romanlari hamda «Favorit» turkumiga kiruvçi asarlar;
• Konfutsiy. «Hikmatlar».

==•==•==•==•==•==•==•==•==•==

Röyxatning 1-qismini köriş

Röyxatning 2-qismini köriş

Röyxatning 3-qismini köriş

Röyxatning 4-qismini köriş

❗️Davomi bor

Xushnudbek.uz kanalini kuzatişda davom eting:👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek