Rahbarlarning sevimli kitobi: loyihaning 1-qismi

Matn26-mart, 2019, 15:152 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​📚 RAHBARLARNING SEVIMLI KITOBI (1-qism)

Bugungi kunda kitobxonlik haqida köp gapirilyapti, ayniqsa 19-mart kuni bölib ötgan videoselektor majlisida Prezident Şavkat Mirziyoyev ham bu masalaga yanada jiddiy eʼtibor qaratdi.

Şundan kelib çiqib, kiçik loyiha ötkazib kördim.

Loyihada doirasida imkonim yetganiça hukumat vakillari, jamoat arboblari, xorijiy mamlakat elçilari, xalqaro taşkilotlarning Özbekistondagi vakillaridan özlarining eng sevimli 3 ta kitobining röyxatini olişga harakat qilib kördim.

Bundan közlangan asosiy maqsad yoşlarimizda badiiy kitoblarga bölgan qiziqişni yanada oşiriş va «qaysi kitobni öqisam ekan» deb ikkilanib yurganlarga yöl-yöriq körsatişdir.

Demak, uşbu sörovnomaning 1-qismini havola qilaman.

Baxtiyor Mirboboyev – Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi

Muhammad Ali. «Uluğ saltanat» (4 jildi)
Oybek. «Navoiy»
Abdulla Qodiriy. «Ötkan kunlar»

Ubaydulla Mingboyev – Özbekiston Respublikasi sudyalar oliy kengaşi raisi

Tohir Malik. «Odamiylik mulki»
Harold Lemb. «Bobur-yölbars»
Alişer Navoiy. Barça asarlari, lekin ayni birini körsatiş kerak bölsa, unda «Hamsa»

Otabek Murodov – Özbekiston Respublikasi Boş prokurori

Artur Konan Doyl. Şerlok Xolmsga oid asarlari
Djon Perkins. «Iqtisodiy qotilning iqrori» («Confessions of an Economic Hit Man»)
Abdulla Qodiriy. «Ötkan kunlar»

Şuningdek, Jek London hamda Eduard Topol asarlarini ham tavsiya qildi.

Komil Allamjonov – Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori

Nikkolo Makiavelli. «Hukmdor»
Amir Temur. «Temur tuzuklari»
Antuan de Sent-Ekzyuperi. «Kiçik şahzoda»

Ruslanbek Davletov – Özbekiston Respublikasi adliya vaziri

Çingiz Aytmatov. «Asrga tatigulik kun»
Riçard Sasskind. «Kelajak yuristlari» («Tomorrow's lawyers»)
Samuel Xantington. «Tamaddunlar töqnaşuvi» («Clash of civilizations and remaking of world order»)

Abdulaziz Akkulov – Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi v.b.

Xudoyberdi Töxtaboyev. «Sariq devni minib»
Ötkir Hoşimov. «Daftar hoşiyasidagi bitiklar»
Tohir Malik. «Şaytanat»

Şuningdek, A.Akkulov 10-sinf geografiya darsligi ham turizm sohasiga katta qiziqiş uyğotganini taʼkidladi

Akmal Burhonov – «Yuksaliş» umummilliy harakati raisi

Teodor Drayzer. «Amerika fojiasi»
Xaruki Murakami. «Çegaradan janubga, quyoşdan ğarbga» («K yugu ot granitsi, na zapad ot solnsa»)
Ötkir Hoşimov. «Ikki eşik orasi»

Umid Ahmadjonov – Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi raisi

Said Ahmad. «Ufq»
Aleksandr Dyuma. «Graf Monte Kristo»
Axbor Imomxöjayev. «Asr futbolidagi asl qadrdonlarim»

Jahongir Ğaniyev – Özbekiston Respublikasining Ispaniya Qirolligidagi favqulodda va muxtor elçisi

Gabriel Garsiya Markes. «Yolğizlikning yuz yili»
Fedor Dostoyevskiy. «Ölik uydan maktublar»
Mixail Bulgakov. «Teatralniy roman»

❗️Davomi bor

Xushnudbek.uz kanalini kuzatişda davom eting:👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek