Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Rahbarlarning sevimli kitobi: 4-qism

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0

📚 RAHBARLARNING SEVIMLI KITOBI (4️⃣-qism)

Bugun röyxatimiz har kungidan biroz qisqaroq. Çunki köp rahbarlar xizmat safarlarida bölganligi uçun ular bilan boğlaniş biroz qiyin bölmoqda. Lekin kezi kelganda bir gapni aytiş kerak, «Rahbarlarning sevimli kitobi» loyihasini amalga oşirişda taşkilotlarning matbuot xizmatlari katta yordam berişmoqda. Umuman olganda mansabdor şaxslar bilan boğlaniş avvalgidek boşoğriq yoki uşalmas orzu bölmay qoldi, ayrimlarini istisno qilganda, deyarli barça taşkilotlarda jamoatçilik bilan işlaşda keskin ijobiy özgariş bölgani quvonarli hol.

Demak, bugungi röyxatimizdan örin egallagan rahbarlarning sevimli kitoblari bilan tanişing.

4-qism

Kozimjon Kamilov – Oliy sud raisi

• Oybek. «Navoiy»
• Ötkir Hoşimov. «Ikki eşik orasi»
• Said Ahmad. «Ufq»

Pölat Bobojonov – Içki işlar vaziri

• Uinston Çerçill. «Ikkinçi jahon uruşi» (6 tomlik)
• Aleksandr Dyuma. «Graf Monte Kristo»
• Jumaboy Rahimov. «Vatanning şeryurak bahodiri»

P.Bobojonov «Vatanning şeryurak bahodiri» asarini millat qahramoni, sarkarda Jaloliddin Manguberdi hayotiga oid eng mukammal asarlardan biri sifatida eʼtirof etdi va barçaga uşbu asarni mutolaa qilişni tavsiya qildi.

Alişer Sultonov – Energetika vaziri

• Marsel Brion. «Menkim, Sohibqiron – Jahongir Temur»
• Aleksey Tolstoy. «Pyotr Birinçi»
• Oybek. «Navoiy»

Şuningdek, A.Sultonov Daniyel Defoning «Robinzon Kruzo» asarini ham sevib mutolaa qilganini taʼkidladi.

Zafar Röziyev - Qaşqadaryo viloyati hokimi

• Nizomulmulk. «Siyosatnoma» (siyar ul-muluk)
• Abdulla Qodiriy. «Ötkan kunlar»
• Marsel Brion. «Menkim, Sohibqiron – Jahongir Temur»

Şuningdek, Z.Röziyev «Temur tuzuklari»ni ham alohida yodga oldi.

Otabek Nazirov - Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi direktori

• Platon. «Davlat» (The Republic)
• Adam Smit. «Xalqlar boyligi» (The Wealth of Nations)
• Yuval Xarari. «Sapiens: Insoniyatning qisqaça tarixi» (Sapiens: A Brief history of humankind)

Şuningdek, O.Nazirov Paulo Koelyoning «Alkimyogar» asarini ham tavsiya qildi.

Xalilillo Turaxujayev – Davlat xizmatlari agentligi direktori

• Gabriel Garsiya Markes. «Yolğizlikning yuz yili», «Oşkora qotillik qissasi»
• Zahiriddin Muhammad Bobur. «Boburnoma»
• Detektiv asarlar

Röyxatning 1-qismini köriş

Röyxatning 2-qismini köriş

Röyxatning 3-qismini köriş

❗️Davomi bor

Xushnudbek.uz kanalini kuzatişda davom eting:👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek