Toşkentda talaba qiz 6-qavatdan tuşib ketib vafot etdi

Matn29-mart, 2019, 10:462 daqiqa0 koʻrish

Manba:Edu.uz

Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi axboroti

2019-yil 27-mart kuni soat 21:30da Toşkent davlat texnika universiteti “Konçilik işi va metallurgiya” fakultetining 2-bosqiç, 2-17 guruh talabasi Ş.U. Ziyo mahallasida joylaşgan 63-son talabalar turar joyining 609-xonasida oçiq turgan deraza oynasidan 6-qavatdan pastga yiqilib tuşgan.

Talaba Toşkent tibbiyot akademiyasi ikkinçi klinakasiga yotqizilgan, şifokorlar tomonidan boş miya oçiq jarohati, kalla asos gumbaz suyagi sinişining bölinib sinişi, boş miya pardalari ostiga, töqimasiga qon quyilişi, boş miya oğir darajada lat yeyişi, çap son suyagi oçiq sinişi, öng tomondan 3, 4 va 5-qovurğalar sinişi, töş suyagi sinişi, ikkinçi öpka yorilişi taşxisi qöyilgan.

2019-yilning 28-mart kuni soat 00:44larda Ş.U. olgan jarohatlari oqibatida şifoxonada vafot etgan.

Ş.U. (1994-yilda tuğilgan) tabiatan oğir va bosiq bölgan, heç kim bilan ixtilofga bormagan, oilasida heç qanday muammolari bölmagan. Öqişda aʼlo baholarga öqigan, xulqi namunali, talabalar orasida hurmatga ega va özining faolligi bilan ajralib turgan.

2019-yilning 28-mart kuni “Konçilik işi va metallurgiya” fakulteti dekani va bir guruh professor-öqituvçilar talabaning Parkent tumanidagi uyiga taşrif buyurdi. Suhbat davomida qizning onasi – 1964-yilda tuğilgan M.A. qizida yurak yetişmovçiligi bölgani, boş miya bosimining ortişidan şikoyat qilib turganini maʼlum qilgan.

Ş.U. ustozlari va kursdoşlari hamrohligida dafn qilindi.

Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi marhumaning oila aʼzolariga çuqur taʼziya bildiradi.

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek