Ilm uçun ehson aksiyasi doirasida kontrakt tölab berildi
Xushnudbek.uzFoto1 daqiqa0tahrirlangan
Yodingizda bölsa, öquv yilining boşida ijtimoiy ahvoli oğir talabalarning kontraktini tölaşga kömaklaşiş maqsadida kanalimizda «Ilm uçun ehson qiling» xayriya aksiyasini eʼlon qilgandik.
1-semestr uçun yiğilgan mablağlardan haqiqatda ehtiyojmand talabalar uçun kontrakt tölovlarini ötkazib bergandik.
Lekin kartada qoldiq qolgandi va keyinçalik ham vaqti-vaqti bilan xayriyalar tuşib turdi.
Xullas, hammasini yiğib, kuni-keça yana bir talabaning yarim yillik kontrakti uçun 4 mln söm mablağ ötkazib berdik, rozi bölasizlar. Padari buzrukvorlari vafot etgan, ijtimoiy ahvoli sabab avvalgi yillarda ham öqişni taşlab ketişga majbur bölgan ekan. Kelgusida yaxşi ilm olib, jamiyatga foydasi tegadigan mutaxassis bölişiga tilakdoşmiz.
Barça saxovatpeşa insonlarga esa rahmat aytmoqçiman. Alloh ehsonlaringizni dargohida qabul qilsin.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
