Talabalar uçun xayriya aksiyasi boşlandi

Matn2-sentabr, 2018, 21:091 daqiqa0 koʻrish

ILM UÇUN EHSON QILING!

Bismilloh, deb xayriya aksiyasini boşlaymiz.

Yodingizda bölsa, 2-3 nafar çin yetim va haqiqatda moddiy ahvoli yomon talabalarning kontrakt pulini tölaş uçun xayriya aksiyasini ötkaziş haqida gap oçgan edim.

Şu aksiyaga bugundan start beramiz.

Quyidagi plastik kartoçkasiga ehsoningizni ötkazişingiz mumkin:

8600 3104 0666 3526

(Aloqabank)
Karta Xuşnud Xudayberdiyev nomiga oçilgan.

Savollar yuzaga kelsa quyidagi bot orqali murojaat qilişingiz mumkin:

@ehsonbot

Alloh barçamizning ehsonimizni dargohida qabul qilsin.

Imkoni bölsa şu xabarni döstlaringizga ham ulaşing va savobga şerik böling.

Izohlar:

* hozirça aynan neça kişiga kontrakt puli tölab berilişi aniq emas. Balki 1 kişi bölar, balki 10 kişi. Bu tuşgan pulning miqdoriga boğliq;

* hozirça kontrakti tölab beriladigan talabalar ham aniq emas. Lekin yiğilgan summa haqiqatda muhtoj insonlarga berilişiga men kafil, işonişingiz mumkin;

* hozirça faqat plastik orqali tölov mavjud. Agar Sizda plastik bölmasa, unda plastigi bor insonlardan iltimos qiling, Siz naqd pul berasiz, ular pul ötkazib berişadi;

* imkon qadar yuqori ball olib kontraktga kirgan talabalarga tölab berişga harakat qilamiz;

* super-kontrakt uçun xayriya pullari sarflanmaydi.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek