Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Ilm uçun ehson qiling xayriya aksiyasi natijalari

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0tahrirlangan

​​Xayriya aksiyasi mablağlari haqida maʼlumot

Yodingizda bölsa, ijtimoiy ahvoli oğir 1-2 nafar talabalarning kontraktini tölaşga kömaklaşiş maqsadida «Ilm uçun ehson qiling» xayriya aksiyasini eʼlon qilgan edik.

Aksiya doirasida 1 oy oldin ota-onasi vafot etgan bir talaba ukamizning yarim yillik kontraktini tölab bergandik.

Şundan keyin sahovatpeşa yurtdoşlarimizning saʼy-harakati natijasida xayriya uçun yana pullar tuşişda davom etdi. Tuşgan pullar qayerga sarflangani haqida bugun 2 oğiz maʼlumot berib qöymoqçiman.

Keça bir talaba singlimizning yarim yillik kontraktini töladik. Padari buzrukvorlari avgust oyida xastalikdan vafot etibdilar. Onalari bir taşkilotda farroş bölib işlar ekanlar. Topganlarini rözğorga zörğa yetkazayotgan va 3 nafar farzandning onasi bölgan opamiz, yaxşi niyatlar bilan institutning yuqori kursida tahsil olayotgan qizining öqişi uçun pul topiş harakatida jon kuydirib yurgan ekanlar. Alloh nasib qilgan ekan, sizlarning ehsonlaringizni şu oilaga sarflaşga qaror qildik. Rozi bölgaysizlar.

Bundan taşqari ehtiyojmand yana 2 nafar talabaning kontraktini tölaşda maʼlum bir qismi uçun yordam berildi. Xususan, bir OTMdagi döstlarimiz 1-kursga qabul qilingan talaba singlimizning kontrakti uçun öqituvçilar pul yiğişgani va yana maʼlum bir qismi yetmay turgani haqida aytişgandi, yetmayotgan 2 mln 529 ming söm ötkazib berildi. 500 ming söm ham xuddi şu kabi maqsadda sarflandi.

Hozirça plastik kartada 1 mln 168 ming söm qoldiq bor. Balki yiğilib boraversa, 2-semestrda ham ehtiyojmandlar uçun işlatarmiz. Bunisini vaqt körsatadi.

Alloh barça ehsonlaringizni dargohida qabul qilgan bölsin. Sahovatli insonlar köpayaversin, ilohim.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek