Zakovat intellektual öyini doirasida Talabalar kubogi
Manba:Zakovat intellektual klubi
«Zakovat» öyini doirasida «Talabalar kubogi-2018» böyiça rasmiy maʼlumot
Xalqaro mehnat taşkilotining taşabbusi va hamkor taşkilotlarning kömagi bilan Özbekistondagi barça OTMlar (xorijiy OTMlar filiallari ham) örtasida «Zakovat» intellektual öyini doirasida mehnat huquqlariga bağişlangan «Talabalar kubogi» taşkil etiladi.
Turnirda har bir OTMdan 7 nafardan iborat bittadan jamoa iştirok etadi.
Intellektual turnir 2 bosqiçda bölib ötadi:
1-bosqiç – mintaqaviy saralaş bosqiçi;
2-bosqiç – Respublika bosqiçi.
Mintaqaviy saralaş bosqiçida respublika böylab 4ta mintaqa doirasida jamoalar özaro kuç sinaşadi. Bular quyidagilar:
1-mintaqa – Samarqand, Qaşqadaryo, Surxondaryo, Jizzax;
2-mintaqa – Qoraqalpoğiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm;
3-mintaqa – Farğona, Andijon, Namangan;
4-mintaqa – Toşkent şahri, Sirdaryo hamda Toşkent viloyati.
Mintaqaviy saralaş bosqiçi quyidagi sanalarda bölib ötadi:
Samarqand şahrida - 29-oktabr
Buxoro şahrida - 31-oktabr
Farğona şahrida - 2-noyabr
Toşkent şahrida - 4-noyabr
Toşkent mintaqasida ötkazilgan saralaş bosqiçida dastlabki 6 ta örin, qolgan har bir mintaqaviy saralaş bosqiçida dastlabki 3 ta örinni egallagan jamoalar respublika bosqiçiga yöllanmani qölga kiritadi.
Respublika bosqiçi noyabr oyida Toşkent şahrida bölib ötadi va unda 15 ta jamoa iştirok etadi.
Respublika bosqiçida çempion bölgan jamoaning barça 7 nafar talabasi Italiyaning Turin şahrida böladigan 1 haftalik öquv seminari uçun bepul yöllanmani qölga kiritadi.
Şuningdek, respublikada çempion bölgan OTM jamoasi «Zakovat» intellektual körsatuvining ekran orqali bölib ötadigan öyinlarida iştirok etadi.
Mintaqalarda ğolib bölgan OTM jamoalari esa ekran orqali böladigan «Urfon-şou» intellektual körsatuvida iştirok etiş huquqini qölga kiritadi.
Turnirda iştirok etişni istagan OTMlar joriy yilning 24-oktabr sanasiga qadar taşkiliy qömita nomiga ariza hamda jamoa tarkibi va jamoa murabbiyi haqidagi maʼlumotlarni zakovatturniri@gmail.com elektron manziliga yuborişlari lozim.
Turnir Nizomini va ariza şaklini quyidagi fayl orqali yuklab olişingiz mumkin.
Turnirning barça xarajatlari (xususan, iştirokçilarning transport va mehmonxona xarajatlari ham) Xalqaro mehnat taşkiloti tomonidan qoplanadi.
🎓Talabalar örtasidagi ilk yirik intellektual turnirda iştirok eting!
P.S.: Turnir böyiça barça OTM va filiallarga Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligining 16.10.2018-yildagi 87-02-2981-sonli xati yuborilgan.
«Zakovat» klubining rasmiy kanaliga ulaniş:👇
https://t.me/joinchat/AAAAADxn9ogpPLTn7hbgsQ
