Zakovat talabalar kubogi ğoliblari Italiyada bölişdi
Ötgan yili özim ançadan buyon orzu qilib yurgan bir tadbirni taşkillaştirgan edik.
Kasaba uyuşmalari Federatsiyasi taşkilotçiligida, Xalqaro mehnat taşkilotidagi döstlarimizning moliyaviy kömagi hamda Oliy taʼlim vazirligining amaliy yordami bilan Respublikadagi barça OTM jamoalari örtasida “Zakovat” intellektual öyini böyiça ”Talabalar kubogi” ötkazgandik.
Unda 80 ta OTM jamoasi iştirok etgandi. Saralaş bosqiçi Toşkent, Samarqand, Buxoro, Farğona şaharlarida, final bosqiçi esa Toşkent şahrida ötkazilgandi.
Joriy haftada çempionlikni qölga kiritgan Toşkent pediatriya tibbiyot instituti jamoasi vaʼda qilinganidek, Italiyaning Turin şahrida 1 haftalik öquv seminarida iştirok etib qaytişdi.
Mantiqiy fikrlaşni östiradigan bu kabi yirik intellektual festivallar, tanlovlar köproq bölişini juda-juda istardim. Ammo qöllab-quvvatlaydigan taşkilotlarni topiş qiyin, bu kabi loyihalarni köp davralarda aytganman, yoki unça qiziqişmagan, yoki mablağ ajratişmagan (ajrata olişmagan). Mayli, bir gap bölar.

