Zakovat böyiça Talabalar kubogi-2018 ğoliblari aniqlandi
Manba:Zakovat intellektual klubi
Çempion aniqlandi
«Zakovat» böyiça «Talabalar kubogi-2018» turnirining respublika bosqiçi öz yakuniga yetdi. Öta qizğin kuraşlarga boy ötgan turnirda quyidagi OTMlar jamoasi kuçli uçlikni band qilişdi:
1-örin: Toşkent pediatriya tibbiyot instituti
2-örin: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
3-örin: Toşkent tibbiyot akademiyasi
Eng qiziği çempion bölgan Toşkent pediatriya tibbiyot instituti jamoasi saralaş bosqiçida 6-örinni egallab, finalga çiqqan 15 ta jamoa örtasida eng yomon natija körsatgan edi. Lekin omad bugun ular tomonda böldi.
Endi kelgusi haftada TPTI jamoasi «Zakovat» körsatuvining maxsus sonida iştirok etadi. Kelgusi yil boşida esa Italiyaning Turin şahrida böladigan öquv seminarida qatnaşadi.
Barça ğoliblarni çin qalbdan tabriklaymiz.
Şu bilan ilk marotaba taşkil etilgan va 80ta oliy taʼlim muassasasi qatnaşgan «Talabalar kubogi» turniri öz nihoyasiga yetdi.
Fursatdan foydalanib, Özbekistondagi eng yirik intellektual turnirni taşkil etgan Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasiga, Xalqaro mehnat taşkilotiga hamda Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligiga «Zakovat» klubi nomidan minnatdorlik bildiramiz.
Umid qilamizki, bu oxirgisi emas, hali yana bu kabi tadbirlar köp marotaba taşkil etiladi.

