Talabalar kubogi-2018 turniri xarajatlari böyiça tuşuntiriş

Matn27-oktabr, 2018, 15:272 daqiqa0 koʻrish

Manba:Zakovat intellektual klubi

«Zakovat» intellektual öyini doirasida ötkazilayotgan «Talabalar kubogi-2018» haqida tuşuntiriş

Köpçilik söramoqda, barça xarajatlar Xalqaro mehnat taşkiloti tomonidan qoplanadi, deyilgan, lekin jamoalarning turnirga kelişi va ketişi, mehmonxona hamda ovqatlaniş xarajatlari qay tartibda qoplanadi? Şu masala böyiça ayrim tuşuntirişlarni berib ötmoqçimiz.

1. Transport masalasi

Samarqand, Buxoro, Farğona viloyatlari hamda Toşkent şahridagi OTMlardan boşqa barça hududlardagi OTMlarning turnir ötadigan joyga kelib-ketişi taşkilotçilar tomonidan taşkil qilinadi. Bunda hududdagi iştirokçilar soniga qarab yoki avtobus, yoki mikroavtobus buyurtma qilingan.

Misol tariqasida aytadigan bölsak, Surxondaryo viloyatidan iştirok etuvçi jamoalar ertaga, 28-oktabr kuni, soat 12:00-da Termiz davlat universiteti yonidan Samarqand şahriga yöl olişadi. Bunda huddudagi boşqa OTM jamoalari aynan TerDU yonida bölişlari iltimos qilinadi. Qaytişda ham aynan öşa avtobus jamoalarni olib qaytadi.
Jamoalar poyezd yoki boşqa transport vositalari uçun mustaqil xarajat qilişlari talab etilmaydi.

Şuningdek, ertaga, 28-oktabr kuni, soat 12:00-da Qaşqadaryo viloyatidan iştirok etuvçi jamoalarni Samarqand şahriga olib keliş uçun avtobus Qarşi davlat universiteti yonidan yölga tuşadi.

2. Mehmonxona masalasi

Turnir davomida masofa uzoqligini inobatga olib Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo va Qaşqadaryo viloyati jamoalari uçun Samarqand va Buxoro şaharlarida mehmonxonalar avvaldan band qilib qöyilgan.

Bunda Surxondaryo va Qaşqadaryo viloyati jamoalari Samarqand şahriga turnir ötkazilişidan 1 kun avval, yaʼni 28-oktabr kuni yetib kelişadi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi hamda Xorazm viloyati jamoalari esa Buxoro şahriga 30-oktabr kuni yetib kelişadi.

OTMlar bergan arizalar asosida talabalar uçun Samarqand şahrida “Malika Diyora” mehmonxonasi, Buxoro şahrida “Grand Buxoro” mehmonxonasidan joy band qilingan.

Uşbu 4 ta hududdan keladigan talabalarning mehmonxonada qolişlari uçun ham OTMlar qöşimça xarajat qilişlari talab etilmaydi.

3. Ovqatlaniş masalasi

Turnir davomida turnir ötadigan kuni tegişli tartibda nonuşta va tuşlik taşkilotçilar tomonidan taşkil qilinadi. Turnir ötadigan şaharga 1 kun oldin keladigan va 1 keça tunab qoladigan talabalar uçun keçki ovqat ham közda tutilgan.

Talabalarning ovqatlanişi uçun OTMlar qöşimça xarajatlar qilişlari talab etilmaydi.

Şuningdek, turnir ötadigan Samarqand, Buxoro va Farğona viloyati hokimliklarining taşabbusi va kömagi bilan mehmon talabalar uçun diqqatga sazovor joylarga ekskursiyalar taşkil qiliş ham rejalaştirilmoqda.

Turnirga oid rasmiy yangiliklar «Zakovat» klubining rasmiy kanalida:👇
https://t.me/joinchat/AAAAADxn9ogpPLTn7hbgsQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Alişer Saʼdullayev lavozimidan ozod etildi

    01 daqiqa

Yana oʻqing