Lotin alifbosini isloh qiliş böyiça takliflar
Manba:Shahnoza Soatova blogi
Endi "J" ham ikkita bölişi mumkin!
Keça lotin alifbosini isloh qilişga bağişlangan konferensiyada iştirok etdim. Umuman olganda, özgarişlarni yoqlayman.
Ammo "S" harfi bilan biroz mojaro böldi, şu borasida öz fikrimni aytib ötmoqçiman – mening pozitsiyam hujjat bölib qolsin şu yerda :)
Xullas, "S" harfi alifboga "J" bölib kiryapti (jöja – sŏsa). Yana J harfi ham qolyapti (jurnal, jyuri). Yaʼni endi ikkita J böladi!
Bu nima uçun qilinyapti?
Ç harfini alifboga kiritiş uçun! S ni kiritmay turib uning asosida yasaladigan Ç ni kiritiş mantiqsiz deyişdi.
Mayli, bu gapda jon bordir. Lekin S ni şu turişiça Ç örniga qabul qilib qöyaqolaylik degan (nazarimda, jöyali) taklif ötmadi. "Biz turkiy dunyo bilan yaqinlaşişimiz kerak" deyişdi.
Xöp, unda unlilarni, xususan, Ö va I ni ham ikkitadan qilaylik, turkiy dunyoga yaqinlaşiş maqsad bölsa degan savolga javob esa bunday böldi:
"Turklar qanday eşitsa, şunday yozadi, ularda yozuvda orfoepik prinsip birlamçi, bizning tilga bu xos emas. Biz öz manfaatlarimizni birinçi öringa qöyişimiz kerak".
Yaʼni, standartlar va prinsiplar bir xil emasligini, örniga qarab özgarib turganini siz ham angladingiz, şundaymi?
Maqsad, S ni alifboga kiritiş, Ç ni aynan turklardek yoziş, ammo jaa turklaşib ketmaslik.
J ikkita bölsa, nima qilibdi?
Men amaliyotçi sifatida bunga qarşi çiqdim (bilib qöyinglar-da :) ) S ni Ç örnida qabul qiliş yoki S ni şunçaki alifboga kiritmay, Ç ni qabul qiliş, yaʼni J ni ikkita qilmaslikni yoqladim. Lekin hozirça olimlarning qöli baland keldi.
Boşqa (hozirça ehtimoliy) özgarişlar bunday:
Ö – Ŏŏ
Ğ – Ğğ
Ş – Şş
NG – alifbodan olib taşlanadi
Oxirgi gapni qonunçilik palatasi aytadi.
Qolgan tafsilotlarni mana bu havoladan öqişingiz mumkin.

